Vengriya telegraf agentligi, VTA (Magyar Tavirati Iroda, MT1) — Vengriya davlat axborot agentligi. 1880-yilda asos solingan. Budapeshtda joylashgan. Xorijiy mamlakatlarda oʻz muxbirxonalariga ega. 20 dan ortiq mamlakat bilan shartnoma asosida muntazam hamkorlik qiladi. Vengriya matbuoti, radioeshittirish va televideniyesi hamda xorijiy mamlakatlar uchun xalqaro va ichki ahvol haqida ingliz, fransuz va b. tillarda tezkor axborotlar yetkazib beradi, byulletenlar chiqaradi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil