Venta (latishcha: Venta, litovcha: Venta, nemischa: Windau ) — Litva va Latviyadagi daryo, Jimay (Jmud) qirlaridan boshlanib, Boltiq dengiziga quyiladi. Uzunligi 346 km, havzasining maydon 11,8 ming km2. Quyi qismi tinch oqadi. Qor, yomgʻir va grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 95 m3/sek. Venta dekabrdan martgacha muzlab yotadi. Venta da Piltene pristanigacha kema qatnaydi, quyilish joyida Ventspils shahri bor.

Venta
Tavsif
Uzunligi 346
Suv sarfi 95,5 m³/s
Joylashuvi
Davlat Latviya va Litva
Venta

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil