Venturi naychasi
(Venturi sarf oʻlchagichidan yoʻnaltirildi)
Venturi naychasi, Venturi sarf oʻlchagichi — suyuqlik, gaz yoki bugʻ sarfini yoki tezligini oʻlchash uchun qoʻllaniladigan qurilma. Ishi suyuqlik, gaz yoki bugʻ oqimining mahalliy (ayrim joyda) torayishini taʼminlashga asoslapgan. Italyan olimi J. Venturi (1746—1822) nomi bilan ataladi. V. n.da toraygan joyda oqim tezligi oʻzgarib, bosimning oʻzgarishiga sabab boʻladi, natijada bosimlar farqi (r„—r,) vujudga keladi. Bu esa sarf va oqim tezligi bilan bogʻliq. Bosim differensial manometr bilan oʻlchanadi. Bundagi oʻlchash xatoligi 2—10% ni tashkil qiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |