Vera Muratova ( ruscha: Вера Георгиевна Муратова; 1980-yil 3-iyulda tugʻilgan)[1] — rossiyalik para ogʻir atletikachi. Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib o‘tgan 2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ayollar o‘rtasida 79 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan[2][3]. Bir necha oy oʻtgach, Gruziyaning Tbilisi shahrida bo'lib oʻtgan 2021-yilgi jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan[4][5].

Vera Muratova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 3-iyul 1980-yil (1980-07-03) (43 yosh)
Samarqand, Oʻzbekiston
Sport
Mamlakat Rossiya
Qaysi sport Para ogʻir atletika

Faoliyati tahrir

2012-yilda Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida 67,5 kg vazn toifasida 4-oʻrinni egalladi. 2012 va 2020-yillardagi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Rossiya sharafini himoya qilgan. 2020-yilgi yozgi Paralimpiya o'yinlarida Rossiya Paralimpiya qo'mitasi bayrog'i ostida ishtirok etgan.

2014-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib o'tgan para ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Vera Muratova bronza medalini qo'lga kiritdi. 2019-yil Qozog‘istonning Ostona shahrida boʻlib o‘tgan para ogʻir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Vera Muratova ayollar oʻrtasida 86 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. 2021-yil iyun oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan para ogʻir atletika boʻyicha 2021-yilgi Jahon chempionatida Muratova 143 kg natijani qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va oltin medalni qoʻlga kiritdi[6].

Yil Paralimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan shahar Vazn toifasi Urinishlar (kg) Jami Oʻrin
1 2 3
Yozgi Paralimpiya o'yinlari
2012-yil London, Buyuk Britaniya 67,5 kg 107 111 116 111 4
2021-yil Tokio, Yaponiya 79 kg 132 136 138 132  

Manbalar tahrir

  1. „Vera Muratova Profile“. 2020 Summer Paralympics. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  2. Houston, Michael. „D'andrea wins Brazil's first powerlifting gold at Tokyo 2020 Paralympics“. InsideTheGames.biz (2021-yil 29-avgust). Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  3. „Powerlifting Results Book“. 2020 Summer Paralympics. 2021-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  4. „Tbilisi 2021: Bonnie Gustin and Bose Omolayo extend domination“. Paralympic.org (2021-yil 2-dekabr). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  5. Morgan, Liam. „Omolayo breaks world record to claim gold at World Para Powerlifting Championships“. InsideTheGames.biz (2021-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  6. Houston, Michael. „Muratova sets new world record at World Para Powerlifting World Cup in Dubai“. InsideTheGames.biz (2021-yil 22-iyun). Qaraldi: 2021-yil 22-iyun.