Veranda (frans. veranda)— binoga yopishtirib solingan yozgi (sunʼiy isitilmaydigan) qurilma; yon tomonlari ochiq yoki oynabandli yupqa devor bilan toʻsilgan boʻladi. V., odatda, bir, baʼzida ikki qavatli (bino qavatiga qarab) boʻlib, sanatoriy, dam olish uylari, bolalar bogʻchalari, jan. dagi uy-joy va b. binolarda keng qoʻllanilib, yozda xonani quyoshdan saqlash va hordiq chiqarish joyi sifatida foydalaniladi. Oʻrta Osiyo va Sharq meʼmorligida tarqalgan ayvonning bir turi.

Veranda, Ontario (Kanada)

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil