Vermikulit (lot. vermiculus — chuvalchang) — gidroslyuda guruhidagi mineral. Qizdirganda kuyib, koʻpchiydi, hajmi 10—25 marta oshib chuvalchang shaklini oladi. Tarkibida marganes, temir, alyuminiy, kremniy oksidi, kislorod va vodorod bor. Monoklin singoniyali. Yupqa tangachasimon, varaqsimon kristallar yoki plastinkasimon agregatlar. Rangi qoʻngʻir-sariq, qoʻngʻir, toʻq yashil. Yaltiroqligi shishasimon va sadafsimon. Qattiqdigi 1—1,5. S ogʻ. 2,3. V. gipergen jarayonida magniy-temirli slyudalarning nurashi natijasida hamda gidrotermal yertomirlarida hosil boʻladi. Oʻzbekistonda Sulton Uvays, Nurota (Langar koni) togʻlaridan topilgan. Yirik konlari Qozogʻiston (Barchin), RFda (Ural, Saxa-Yakutiyada), AQSH va Avstraliyada uchraydi. V. issiq va sovuqni oʻtkazmaydigan izolyator sifatida qurilishda (betonga aralashma), qishloq xoʻjaligida (tuproq namligini saqdovchi) ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil