Veronica Carlson

britaniyalik aktrisa

Veronica Carlson (Veronica Mary Glazier; 18-sentabr, 1944-yil, Angliyada tugʻilgan — 27-fevral, 2022-yilda vafot etgan) britaniyalik aktrisa boʻlib, Hammer horror films tomonidan suratga olingan dahshat janriga oid filmlardagi rollari orqali tanilgan. 2019-yilda u Rondo Hatton Classic Horror Awards Monster Kid shon-sharaf zaliga kiritilgan[2].

Veronica Carlson
Tavalludi
Veronica Mary Glazier[1]

18-sentyabr 1944-yil (1944-09-18) (79 yosh)
Vafoti 27-fevral 2022-yil(2022-02-27)
(77 yoshda)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa

Hayoti va faoliyati tahrir

Carlson Angliyada joylashgan West Riding of Yorkshire shahridagi Emley tumanida[3] Veronica Mary Glazier[4] ismi ostida uy xizmatchisi Edith (Allatt) va RAF zobiti William Glazierlarning qizi sifatida tugʻilgan[5]. U bolaligining koʻp qismini otasi ishlaydigan Gʻarbiy Germaniyada oʻtkazgan. Veronica Thetford qizlar maktabida, Lady Verney High School maktabida, High Wycombe, keyinchalik esa, High Wycombe sanʼat va yexnologiya kollejida sanʼat boʻyicha tahsil olgan. Aynan shu yerda uning aktrisalik orzusi ushladi hamda kollej sharhlari va operettalarida qatnashadi[3].

Hammer Films kompaniyasi rahbari James Carreras gazetada uning fotosuratlaridan birini koʻrib, unga Dracula Has Risen from the Grave (1968) filmida Christopher Lee qarshi rol oʻynashni taklif qiladi. U yana ikkita Horror Films Production tomonidan suratga olingan filmlarida rol oʻynagan: Frankenstein Must Be Destroyed (1969) hamda The Horror of Frankenstein (1970). Veronicaning soʻzlariga koʻra, Hammer Horrorda ishlash unga katta iliq oilaning bir qismi boʻlgandek tuyulgan[6].

Shuningdek, u 1969-yilda Randall and Hopkirk (Deceased) kartinasing epizodi boʻlmish The Ghost Who Saved the Bank at Monte Carloda, Roger Moore bilanThe Saint televizion serialining ("The Man who Gambled with Life"; oxirgi 3ta epizoddan biri) epizodida hamda Department S TV serialining epizodi ("The Double Death of Charlie Crippen")da oʻzini namoyon qilgan.

Carlson Anthony Ainley, Roger Lloyd-Pack va Patricia Cutts bilan birga Spyder's Web (1972) teletriller serialining toʻrtta asosiy qahramonlaridan biri sifatida rol ijro etadi. Aktrisa 1975-yilda Public Eye filmida Ray Lonnen gavdalantirgan, qidiruvda boʻlgan bank oʻgʻrisi/gangster Knaggsning nemis qiz doʻsti Ingrid obrazi uchun kichik epizodda rol ijro oʻynagan.

Carlson 2022-yil 27-fevralda 77 yoshida vafot etdi[7][8][9].

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
Filmlarda
1967 Casino Royale Uzun boʻyli, sariqchadan kelgan qiz Akkreditivsiz
1967 The Magnificent Two Inqilobiy Akkreditivsiz
1967 Smashing Time Premyerada kino aktrisasi
1968 Hammerhead Ulla
1968 Dracula Has Risen from the Grave Maria
1969 Frankenstein Must Be Destroyed Anna Spengler
1969 The Best House in London Lily Akkreditivsiz
1969 Crossplot Dinah
1970 Pussycat, Pussycat, I Love You Liz
1970 The Horror of Frankenstein Elizabeth Heiss
1974 Vampira Ritva
1975 The Ghoul Daphne
1994 Black Easter Psixiatr
1995 Freakshow Grace Harmsworth
2016 Stellar Quasar and the Scrolls of Dadelia Sayang
2019 House of the Gorgon Anna Banning
2021 Night of the Devil Qisqa metrajli film
Anons The Rectory xonim Whitehouse
Sarlavha Yil Rol Izohlar
Televizion rollari
1968 ITV Playhouse Sally "The Photographer" (S1E18)
1969 The Saint Vanessa Longman "The Man Who Gambled with Life" (S6E18)
1969 Department S Gina "The Double Death of Charlie Crippen" (S2E20)
1969 Randall and Hopkirk (Deceased) Suzanne "The Ghost Who Saved the Bank of Monte Carlo" (S1E11)
1971 Hine Amanda "Everything I Am I Owe" (S1EP12)
1972 Spyder’s Web Wallis Ackroyd 1-mavsum (bosh rol, barcha 13ta epizodda)
1975 Public Eye Ingrid Borg "Hard Times" (S7E7)

Manbalar tahrir

  1. https://www.familysearch.org/ark:/61903/1:1:QV79-GHH2 Andoza:Bare URL inline
  2. Colton. „Winners of the (Gasp!) 17th Annual Rondo Hatton Classic Horror Awards“. RondoAward.com (19-fevral 2019-yil).
  3. 3,0 3,1 „Veronica Carlson obituary“. The Times (4-mart 2022-yil). Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  4. „Veronica Carlson“. TV.com. 2008-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  5. „Veronica Carlson obituary“.
  6. „Veronica Carlson obituary“. The Times (4-mart 2022-yil). Qaraldi: 4-mart 2022-yil.„Veronica Carlson obituary“. The Times. 4 March 2022. Retrieved 4 March 2022.
  7. „Veronica Carlson, Actress in Hammer Horror Movies, Dies at 77“. The Hollywood Reporter (2022-yil mart).
  8. Crowther, Linnea. „Veronica Carlson (1944–2022), British actress in Hammer horror films“. Legacy (28-fevral 2022-yil). Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  9. White, Andrew. „York-born Veronica Carlson from Hammer horror films dies“. The Northern Echo (1-mart 2022-yil). Qaraldi: 1-mart 2022-yil.

Havolalar tahrir