Verpa — morels bilan bogʻliq boʻlgan askomitset qoʻziqorinlari jinsiga kiruvchi turlaridan biri hisoblanadi. Oziq-ovqat sanoatida ishlatilishi va shakli boʻyicha oxirgi turga oʻxshab, umumiy nomga ega boʻlgan erta morels nomi bilan ham mashhurdir. Keng tarqalgan jinsda besh tur mavjud[2].

Verpa
V. conica
Maxsus tasnifi e
Olam: Oʻsimliklar
Boʻlim: Ascomycota
Sinf: Pezizomycetes
Turkum: Pezizales
Oila: Morchellaceae
Tur: Verpa

Sw. (1815)
Maxsus turi[1]
Verpa conica

(O.F.Müll.) Sw. (1815)
Sinonimlari

Monka Adans. (1763) Relhanum Gray (1821)

Verpa lotincha novdacha yoki kichik tayoq (shuningdek, fallus uchun qoʻpollik) degan maʼnoni anglatadi. Verpaning isteʼmol qilinish qobiliyati Morchella bilan bir xil va isteʼmol uchun pishirilsa, xavfsizdir. Gyromitra kabi turlar esa aksincha. Gyromitra esculenta va Gyromitra ambigua kabi bir nechta turlari xavfli zaharli turlar qatoriga kiradi.

Pezizallarning koʻpchiligi ribosoma DNKsi tahlili Verpa turi Morchella, shuningdek Disciotis bilan kelib chiqishiga koʻra bogʻliqligini koʻrsatdi. Shunday qilib, mana shu uchta avlod endi Morchellaceae oilasiga kiritilgan[3].

Tuzilishi

tahrir

Morchella oilasiga oid turlarining koʻpchiligi shimgichga oʻxshash qoziqli, ichi boʻsh qobiqli va qoziqli askokarplarga ega boʻladi. Verpa turlarining kosasimon yoki toʻgʻrirogʻi, ichi boʻsh novda ustidagi silliq hamda ajinli qoʻziqorin turlari bor. Disciotisda tomirga oʻxshash qiyshiqroq pardali burmalari va kichik yoki umuman yoʻq boʻlgan kosasimon tanasi bor. Askosporalar ellipsoid, silliq shaklli boʻlib, odatda gialin moddalari bilan taʼminlangandir[4].

Tarqalishi

tahrir

Verpa soyali, qalin oʻsimliklar bilan qoplangan, shuningdek nam muhitli, kamroq oʻrta darajadagi quruq joylarda, oʻrmonlarda, daralarda, baʼzan qishloq joylarda keng tarqalgan. Asosan Markaziy va janubiy amerika, Sharqiy va janubi-gʻarbiy Osiyo hududlarida oʻsadi. Verpani boshqa oʻsimliklar bilan kamdan — kam hollarda simbiotik holatda yashashi mumkin.

Turlari

tahrir
 
Kenja turkum: Verpa

Zamburugʻ turlariga quyidagilar kiradi:

  • Verpa bohemica — erta morel turi.
Pishirilgan holatda isteʼmol qilish mumkin. Shimoliy Amerikada erta bahorda aprel-may oylarida nam joylarda, terak va baʼzi boshqa oʻsimliklar orasida oʻsadi[5].
  • Verpa konik — qoʻngʻiroq yoki konusli morel turi.
Pishirilgan holatda yeyish mumkin. Shimoliy Amerikada, bogʻlarda, Kanadaning sharqiy qismida keng tarqalgan.
  • Verpa digitaliformis
  • Verpa krombholzii
  • Verpa speciosa

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. "Verpa Sw. 1814". MycoBank. International Mycological Association. Retrieved 2011-07-24.
  2. Kirk PM, Cannon PF, Minter DW, Stalpers JA (2008). Dictionary of the Fungi (10th ed.). Wallingford, UK: CABI. p. 723. ISBN 978-0-85199-826-8.
  3. OʻDonnell K, Cigelnik E, Weber NS, Trappe JM (1997). „Phylogenetic relationships among ascomycetous truffles and the true and false morels inferred from 18S and 28S ribosomal DNA sequence analysis“. Mycologia. 89 (1): 48-65. doi:10.2307/3761172. JSTOR 3761172.
  4. Kimbrough JW. (1970). „Current trends in the classification of Discomycetes“. Botanical Review. 36 (2): 91-161. doi:10.1007/BF02858958.
  5. „Mushrooms“, Reader's Digest North American Wildlife: Trees and Nonflowering Plants Barnard, Edward S.: . The Reader's Digest Association, Inc., 1998 — 268-bet. ISBN 0-7621-0037-0. 

Havolalar

tahrir