Vertikal pech — metalldan yasalgan uzun buyumlar va vertikal vaziyatda pastga yoki yuqoriga harakatlanadigan metall polosalarga termik ishlov (issiqlik ishlovi) berish uchun moʻljallangan vertikal qurilma. Metallurgiya va mashinasozlikda qoʻllanadi. V.p.ning uzlukli va uzluksiz ishlaydigan xillari bor. Uzlukli ishlaydigan pechlar (shaxtasimon pechlar) da harbiy qurollarning stvollari, vallar, turbinalarning rotorlari va b. uzun buyumlar toblanadi va boʻshatiladi. Bunda buyumlar gaz yoki elektr toki bilan qizdiriladi. Bundam pechlarning balandligi 30 m ga, ish boʻshligʻining diametri 4 m gayetadi.

Uzluksiz ishlaydigan pechlarning bir oʻtishli va ikki oʻtishli turlari bor. Issiqlik ishlovi beriladigan polosa pech orqali oʻtkaziladi. Bunday V.p.da sovuqlayin prokatlangan polosalar (tunuka, transformator temiri, zanglamas metall va b.)ga issiqlik ishlovi beriladi. Pechning bal. 30 m ga, unda ishlov beriladigan polosaning uz. 800 m ga yetadi. Pechda gaz yoqiladi. Bunday pech qora metallurgiyada, sovuqlayin prokatlangan polosalar va lentalar i.ch.da qoʻllanadi, pechdagi jarayonlar boshqaruvchi hisoblash mashinalari yordamida avtomatlashtirilgan (k.. Pech).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil