Veselin Topalov
Veselin Aleksandrov Topalov – Bolgariyalik shaxmat ustasi va sobiq FIDE shaxmat chempioni. U 1975-yil 15-martida tugʻilgan. Veselin Topalov 2005-yilda boʻlib oʻtgan Xalqaro FIDE shaxmat chempionatida ishtirok etadi va strategik ajoyib oʻyin koʻrsatgan holda FIDE shaxmatining dunyo chempioni boʻladi.
Veselin Topalov | |
---|---|
Topalov 2013-yilda | |
Tavalludi |
1975-yil 15-mart Ruse, Bolgariya |
Fuqaroligi | Bolgariya |
Kasbi | shaxmatchi |
Unvoni | grossmeyster |
Mukofotlari | „Shaxmat Oskari“ |
2006-yilda oʻtkazilgan FIDE Xalqaro shaxmat chempionatida Vladimir Kramnikga qarshi oʻyinda Veselen Topalov magʻlubiyatga uchraydi. 2010-yilda yana oʻtkazilgan FIDE shaxmat chempionatida Viswanathan Anandga qarshi oʻyinda 612-512 hisobda magʻlubiyatga uchraydi. Veselin Topalov 2005-yilda „Shaxmat Oskari“ni qoʻlga kiritdi[1] .
Veselin Topalov 2006-yilning aprelidan 2007-yilning yanvarigacha shaxmat boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turgan. 2008-yil oktabrdan 2010-yil yanvargacha yana dunyo reytingida birinchikka koʻtariladi. Uning eng yuqori natijasi 2015-yilda 2816 ni tashkil qilgan va FIDE dunyo boʻyicha kuchli oʻyinchilar orasidan 10-oʻrinni egallagan.
Veselin Topalov jami 9ta Butunjahon shaxmat olimpiadalarida qatnashgan 1994-2000, 2008-2016 va 2014-yil oltin medalni qoʻlga kiritgan. U „Linares“, „Corus“, „Dortmund“, „Stavanger“ va „Pearl Spring“ musobaqalarida ham gʻalaba qozongan.
Biografiyasi
tahrirTopalov Bolgariyaning Ruse shahrida tugʻilgan. Otasi unga shaxmat oʻynashni 8 yoshidan oʻrgatgan. Topalov shaxmatdagi iqtidorini tez yuzaga chiqargan. 1989-yilda Puerto-Rikoning Aguadilla shahrida oʻtkazilgan Butunjahon 14 yoshdan oshmagan oʻsmirlar uchun oʻtkazilgan musobaqada gʻalaba qozondi. 1990-yilda Singapurda boʻlib oʻtgan 16 yoshdagi oʻsmirlar uchun oʻtkazilgan turnirda kumush medalni qoʻlga kiritadi. U 1992-yilda grossmeytser boʻladi.
Keyingi 10 yil ichida Veselin Topalov dunyo shaxmat reytingida koʻrinish berishni boshlagan. U 1994-yil Linaresda, 1995-yil yana Linaresda va Amsterdamda 1995-yil boʻlib oʻtgan musobaqada faol ishtirok etgan. Wijk aan Zeeda oʻtkazilgan musobaqada 3-oʻrinni egallaydi[2][3][4]. 1996-yilning boshlaridan u nufuzli shaxmat musobaqalariga taklif qilinishni boshlaydi. 1996-yilning dekabr oyida Kasparov, Anand, Kramnik va Karpov bilan oʻynaydi. Keyingi yil Madrid va Antwerp shaharlarida gʻalaba qozonadi. 1999-yil Corus shaxmat turnirida Garry Kasparovga qarshi oʻyinda birinchilikni qoʻldan boy beradi va eng zoʻr oʻyin koʻrsatgan oʻyinchi sifatida olqishlarga sazovor boʻladi. Kasparov keyinchalik shunday dedi:
O'yin yakunlangach, Topalov boshini shunday ko’tardiki, bu Topalovning bugun ajoyib o’yin ko’rsatganidan belgi desam adashmagan bo’laman. Umid qilamanki, 2001-yilda Dortmundda g’olib bo’ladi va „Amber melodiyasi“ unvoniga ega bo’ladi.
1991-yil oʻtkazilgan FIDE Xalqaro shaxmat chempionatidagi reyting jadvalida oxirgi 16ni egalladi. 2002-yilda Dortmund kandidatlar turnirini finalida Peter Lekoga qarshi boʻlgan oʻyinda imkoniyatni qoʻldan boy beradi.
2002-yilda Veselin Topalov birinchi marta Kannedagi NAO Shaxmat Ustalari turnirida qatnashadi.2003-yil Benidomda boʻlib oʻtgan chempionatda birinchilikni egallaydi.
2005-yilda Topalov birinchi marta oʻzining katta muvaffaqiyatiga erishdi, birinchilikka kurashilayotgan oʻyinda Garry Kasparov bilan bellashadi va oxirgi raundda Kasparov ustidan gʻalaba qozonadi. Bu Kasparovning shaxmatdagi faoliyatini yakunlashidan oldingi soʻngi turniri edi. 2006-yildagi Corusdagi oʻyinda Anand ustidan gʻalaba qozonadi. Faoliyati davomidagi eng yuqori reyting koʻrsatgichi 2816 ni tashkil qilgan.
Karyerasi
tahrir2005-2006
tahrirTopalov o’z reyting natijalariga ko’ra, 2005-yilning sentabr-oktabr oylarida o’tkazilgan Argentinaning San-Luis shahrida bo’lib o’tgan sakkiz o’yinchi orasidagi ikki roundli FIDE shaxmat bo’yicha jahon chempionatiga taklif qilingan edi. Birinchi roundda Topalov 7ta o’yinda 6,5 ochko to’playdi va turnirning yarmida o’zi uchun g’oliblikni ta’minlab qo’yadi.Ikkinchi roundda esa Veselin barcha o’yinlarni durang bilan yakunlab, 1,5 ochko farq bilan FIDE Jahon Chempionligini qo’lga kiritadi.Chempionatdagi o’yinchilarning o’rtacha reytingi 2739 bo’lib, Topalovning o’yin natijasi esa 2890ni tashkil qilgan edi[5] .
2006-yil 16-aprelda FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov Klassik va FIDE jahon chempionlari Kramnik va Topalov o’rtasida chempionlikni o’n uch yillik bo’linishdan keyin yana birlashtirish uchun 2006-yil sentabr-oktabr oylarida o’yin bo’lib o’tishini e’lon qildi.. Kramnik Topalovni mag’lub etib, o’n uch yildan beri tan olingan yagona champion bo’ldi.
2006-yil 28-sentabrda Topalovning menejeri Silvio Danailov matbuot xabarini e’lon qilib, o’yin davomida Kramnikning xatti-harakatlariga shubha bildiradi.Bolgariya jamoasi Kramnikni o’z shaxsiy hojatxonasiga (audio va video nazorat qilinmaydigan yagona joy) o’ta tez-tez, har bir o’yinda taxminan ellik marotaba kirib chiqqanini (keyinchalik FIDE amaldorlari bu raqamni oshirilgan deb ta’kidlagan) va o’yindagi eng muhim qarorlarni aynan hojatxonada qabul qilganini omma oldida bildiradi[6].
Shuningdek, ular turnir tashkilotchilaridan jurnalistlarga Kramnikning xonasidagi 1-dan 4-o’yingacha bo’lgan kuzatuv videosiga kirishni ta’minlashni talab qilishdi.Tashkilotchilar videoning ayrim qismlarini taqdim etishdi va boshqa qismlar texnik muammolar tufayli mavjud emasligini tushuntirishdi.Danailov shaxsiy hojatxonalar va vannaxonalarni ishlatishni to’xtatishni talab qildi va Topalovning o’yinda ishtirokini qayta ko’rib chiqishini so’raydi.O’yinni boshqaruvchi Apellyatsiya qo’mitasi bunga rozi bo’lib, o’yinchilarning shaxsiy hojatxonalarini yopib, o’rniga umumiy hojatxona va vannalardan foydalanishga qaror qildi[7].
Kramnik 5-o’yinni o’ynashdan bosh tortdi va texnik mag’lubiyatga uchradi.1-oktabrda hojatxona muammosi Kramnik foydasiga hal qilindi, Apellyatsiya Qo’mitasi iste’foga chiqdi va ularning o’rniga boshqalar tayinlandi. FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov hozirgi 3-2 hisob saqlanishi kerakligini qaror qildi.U bu qarorni kelishuv emas, o’z qarori sifatida ko’rsatdi. O’yin 2006-yilning 2-oktabrida qayta boshlandi[8].
1-oktabrda Shaxmatchilar Assotsiatsiyasi Danailovni isbotsiz ayblagani uchun qoralaydi va FIDE Etika Qo’mitasi tomonidan tekshirilishini talab qiluvchi bayonot chiqaradi.
2006-2010
tahrirTopalov o’yinni yutqazgandan so’ng, Essent turnirida 2,5/6 ball bilan yakunlaydi va 4ta ishtirokchi orasidan 3-o’rinni egallaydi. U Judit Polgarga qarshi ikkita, Shaxriyor Mamedyarovga qarshi o’yinda esa bir marotaba mag’lubiyatga uchraydi[9].
2006-yil may oylarida Topalov M-Tel Masters chempionligini saqlab qoladi va 6,5/10 ball bilan birinchilikni qo’lga kiritadi. Gata Kamskydan yarim ochko oldinlab ketadi.
2007-yil yanvar oyida esa Topalov Corus shaxmat turnirida Levon Aronyan va Temur Rajabov bilan birgalikda birinchilikni qo’lga kiritdi[10].
2007-yil may oyida Topalov M-Tel Masters turnirida uchinchi marta g‘alaba qozonadi, va shu turnirda yetakchilik qilayotgan Sasikiran ustidan 5,5/10 ball bilan finalda g’alaba qozonadi[11].
2007-yil noyabrida Topalov Vitoria Gasteiz xayriya tadbirini ham yutdi[12].
2008-yil 17-21-aprel kunlari Topalov 14-chi Ciudad Dos Hermanas Rapid turnirini yutdi, finalda Ispaniyalik GM Fransisko Vallejo Ponsni 2,5–1,5 hisobida mag‘lub etib, birinchi o‘yinni yutib, qolgan uchta o‘yinda durang o‘ynadi[13].
2008-yil sentabrida Topalov Bilbao 2008 turnirida ham gʻalaba qozondi. Bu g‘alaba bilan u 2008-yil oktabrida nashr etilgan rasmiy reytinglar bo‘yicha dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisiga aylandi. Shuningdek, u Nanjingda bo‘lib o‘tgan Pearl Spring turnirini ham, Villarobledo Shaxmat Festivali turnirini ham yutdi[14].
Topalov 2007-yilgi jahon chempionati turniriga qatnasha olmadi, chunki 2006-yildagi birlashtirish matchida Kramnikka mag‘lub bo‘lgan edi. Danailov Topalov va Kramnik o‘rtasida mart 2007-yilda qayta o‘ynashni taklif qilgan edi[15], ammo bunday o‘yin o‘tkazilmadi. Masala 2007-yil iyunida hal qilindi, Topalov va Kramnik 2008-2009 yilgi chempionatda maxsus imtiyozlarga ega bo‘ldilar[16]. Topalov Chess World Cup 2007ning g‘olibi bo‘lgan shaxsga qarshi “Challenger Match”ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi.
2007-yilgi Shaxmat Jahon Kubogi turnirini Gata Kamsky yutdi. 2009-yil fevralida Sofiyada bo‘lib o‘tgan Challenger Matchda Topalov Kamskyni 4,5–2,5 hisobida mag‘lub etdi.
2010-yil fevralida Topalov Linares shaxmat turnirini yutdi va oxirgi turda Boris Gelfandni mag‘lub etdi[17].
2010-yilgi jahon chempionati
tahrir2010-yilgi Shaxmat Jahon Chempionati matchidan oldin, Viswanathan Anand, 16-aprel kuni Frankfurt–Sofiya parvoziga chipta olgan bo‘lsa-da, Eyjafjallajökull vulqonining otilishi sababli barcha reyslar bekor qilindi. Anand uch kunlik kechikishni so‘radi, lekin 19-aprel kuni bolgariyalik tashkilotchilar buni rad etdi. Anand nihoyat 20-aprel kuni 40 soatlik yo‘l sayohatidan so‘ng Sofiyaga yetib keldi. Shu sababli, birinchi o‘yin bir kun kechikdi.
Match 12ta o’yindan iborat edi. Birinchi o’yinda Topalov Anandni 30 yurishda osongina mag’lubiyatga uchratadi, va Anandning Grunfeld himoyasini yengib o‘tish uchun o'ta tajovuzkor hujum liniyasidan foydalandi. Topalov bu liniyani ochilish tayyorgarligida, Bolgariyaning Mudofaa Departamenti tomonidan unga berilgan kuchli superkompyuter yordamida topgani ma'lum bo'ldi[18]. Anand oxirgi, 12-o‘yinda Qirolichaning Gambit Declined variantida qora tomon bo‘lib g‘alaba qozonib, matchni va chempionlik unvonini saqlab qoldi[19].
2013
tahrirTopalov 2012–2013 yillardagi FIDE Grand Prix musobaqalarida ishtirok etdi. 2012-yilda London Grand Prix musobaqasini yutganidan so‘ng, 2013-yil aprelida bo‘lib o‘tgan 2013 Renova Grand Prix turnirini ham yutdi va ikkinchi o‘rindagi Hikaru Nakamuradan 1.5 ball farq g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba uning dunyoning eng yaxshi besh shaxmatchisi safiga qaytishiga olib keldi, chunki bu muvaffaqiyat uni FIDE reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarib chiqardi.
2013-yilgi Pekindagi Grand Prix musobaqasida 100 ball to‘plab, Topalov o‘zining birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishini va 2014-yilgi Nomzodlar Turniriga yo‘llanma olishni ta’minladi[20].
Shuningdek, Topalov 2013-yilgi Norvegiya Shaxmat Turnirida ishtirok etdi va 9 ta imkoniyatdan 4 ball to‘plab, 8-o‘rinni egalladi.
2013-yil 18-25 sentabrda Topalov Viktor Láznička bilan 6 o‘yindan iborat match o‘ynadi. Vaqt nazorati har bir yurish uchun 30 soniya qo‘shimcha vaqt bergan edi. Topalov bu matchni 4-2 hisobida g‘alaba bilan yakunladi.
2014
tahrirTopalov 2014-yilda Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida bo‘lib o‘tgan Nomzodlar turnirida ishtirok etdi. U turnirni oxirgi o‘rinda yakunladi, 2ta g‘alaba, 4ta mag‘lubiyat va 7a durang bilan natija ko‘rsatdi.
Topalov 2014-yilgi Norvegiya Shaxmat turnirida ham ishtirok etdi va 9 ta imkoniyatdan 4.5 ball to‘plab, 5-o‘rinni egalladi.
U 2014-yilgi 41-shaxmat Olimpiadasida Tromsoda o‘ynadi va birinchi o’yinda oltin medalni qo‘lga kiritdi, turnirda eng yaxshi ikkinchi natijani (2872 reyting bilan) ko‘rsatdi[21].
2014-yil avgust-sentabr oylarida Topalov Sinquefield Cup 2014 turnirida ishtirok etdi va g‘olib Fabiano Karuana va ikkinchi o‘rindagi Magnus Karlsen ortidan 3-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, Topalov 2014-yil sentyabr oyining o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan Yevropa Klublar Kubogida ham ishtirok etdi.
2015
tahrirTopalov Gibraltar Masters turnirida 3-o‘rinni egalladi.
2015-yilda Topalov Grand Chess Tour musobaqasida ishtirok etdi, bu turnir Norvegiya Shaxmat Turniri, Sinquefield Cup va London Shaxmat Klassikasidan iborat edi. 2015-yilgi Norvegiya Shaxmat Turnirida Topalov 6.5/9 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi va 13 Grand Chess Tour ballini qo‘lga kiritdi (5ta g’alaba, 1ta mag’lubiyat va 3ta durang ).
2015-yilgi Sinquefield Cupda Topalov 2-o‘rin uchun bahs olib boradi va 6-o‘rinni egalladi (2ta g’alaba, 2ta mag’lubiyat va 5ta durang).[22].
Dekabr oyida bo‘lib o‘tgan London Shaxmat Klassikasida esa, Topalov oxirgi o‘rinni egalladi, 4ta mag’lubiyat va 5ta durang natijani ko‘rsatdi.
Shuningdek, Topalov 2015-yilgi Shaxmat Jahon Kubogida Baku, Ozarbayjonda eng yuqori reytingga ega bo‘lgan shaxmatchi sifatida ishtirok etdi, ammo u to‘rtinchi bosqichda Pyotr Svidler tomonidan mag‘lubiyatga uchratilib, turnirda davom eta olmadi.
2016
tahrirTopalov 2016-yil 10-30 mart kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan Nomzodlar turnirida oʻz reytingi bo‘yicha ishtirok etdi. U turnirni oxirgi o‘rinda yakunladi, 5 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (5ta mag’lubiyat va 9ta durang).
Shuningdek, Topalov Grand Prix siklida Parijda bo‘lib o‘tgan Grand Prix turnirida ishtirok etdi va 36 tadan 12 ball to‘plab, 9-o‘rinni egalladi.
Topalov 2016-yilgi Grand Chess Tour turnirlaridan biri bo‘lgan Leven legida ham ishtirok etdi. U 36 tadan 14 ball to‘playdi va turnirda 10-o‘rinni egallaydi.
2018
tahrir2018-yil aprel oyida Topalov Shamkir Shaxmatining beshinchi nashrida ishtirok etdi va 9 o‘yindan 4 ball to‘plab, 8-o‘rinni egalladi (2ta g’alaba, 3ta mag’lubiyat va 4ta durang)[23].
Jamoaviy natijalari
tahrirOlimpiada | Shaxmat taxtasidagi oʻrni | Individual natijasi | Jamoaviy natijasi |
---|---|---|---|
31-Shaxmat olimpiadasi | Birinchi | 8.5/12 | 5-oʻrin |
32-Shaxmat olimpiadasi | Birinchi | 5.5/10 | 40-oʻrin |
33-Shaxmat olimpiadasi | Birinchi | 8/11 | 17-oʻrin |
34-Shaxmat olimpiadasi | Birinchi | 8/11 | 14-oʻrin |
38-Shaxmat olimpiadasi | Birinchi | 6.5/8 | 14-oʻrin |
39-Shaxmat olimpiadasi | Birinchi | 5/9 | 31-oʻrin |
40-Shaxmat olimpiadasi | Birinchi | 7/10 | 20-oʻrin |
41-Shaxmat olimpiadasi | Birinchi | 6.5/9 | 23-oʻrin |
42-Shaxmat olimpiadasi | Birinchi | 3/5 | 66-oʻrin |
Manbalar
tahrir- ↑ „Chess Oscar 2005 for Veselin Topalov“ (2006-yil 30-aprel). ChessBase
- ↑ „(C16) 1993-1996 Zonal Cycle : World Chess Championship“. www.mark-weeks.com. Qaraldi: 2016-yil 22-avgust.
- ↑ „1993 Biel Interzonal : 1994-96 cycle : FIDE World Chess Championship“. www.mark-weeks.com. Qaraldi: 2016-yil 22-avgust.
- ↑ „Veselin Topalov vs. Garri Kasparov, Moscow Chess Olympiad“. 2015-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyun.
- ↑ „San Luis R14: Topalov wins, Anand second“ (2005-yil 15-oktyabr). ChessBase
- ↑ „Makropoulos on the World Championship Crisis“ (2006-yil 7-oktyabr). ChessBase
- ↑ „Topalov threatens to abandon the World Championship Match“ (2006-yil 28-sentyabr). ChessBase
- ↑ „World Chess Championship Match Press Release – Game 6“. 2007-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. FIDE
- ↑ „Essent 2006 Mamedyarov, Judit Polgar are the winners“. ChessBase.com (2006-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Corus Chess Tournament – Grandmaster A April 2007 Netherlands“. FIDE. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Corus Chess Tournament – Grandmaster A April 2007 Netherlands“. FIDE. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Chess Champions League – benefit in Vitoria Gasteiz“ (en-US) (2007-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 22-avgust.
- ↑ „Topalov Wins Dos Hermanas Rapid“ (2008-yil 21-aprel). Qaraldi: 2008-yil 21-aprel.
- ↑ „Topalov wins Villarrobledo Chess Festival | Chessdom“. tournaments.chessdom.com. Qaraldi: 2016-yil 23-avgust.
- ↑ „Topalov back in Bulgaria, seeks rematch“ (2006-yil 15-oktyabr).
- ↑ Veselin Topalov and the new FIDE world championship cycle, Chessbase, 24 June 2007
- ↑ „Topalov wins Linares, remains number two in the world“. ChessBase (2010-yil 25-fevral). Qaraldi: 2011-yil 30-mart.
- ↑ „The Greatest World Championships: Anand vs. Topalov, 2010“. worldchess.com (2016-yil 10-noyabr). 2017-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.
- ↑ „Anand v Topalov 1 Day Postponement“. Chess.com (2010-yil 21-aprel). Qaraldi: 2010-yil 31-may.
- ↑ „Mamedyarov first in Beijing, Topalov wins Grand Prix overall“. www.chessvibes.com. 2013-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „41st Olympiad Tromso 2014 Open“. Chess-Results Server. Qaraldi: 2014-yil 1-dekabr.
- ↑ „Pairings & Results“. Grand Chess Tour (2015). 2016-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-oktyabr.
- ↑ Staff writer(s). „Results: Cross Table“. Shamkir Chess (2018-yil 28-aprel).