Bosh menuni ochish

Vesta — kichik sayyora (asteroid)larning eng yiriklaridan biri (4-raqamli). Nemis astronomi V. Olbers kashf qilgan (1807). V. oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin boʻlgan yagona kichik (ravshanligi 6’/2 yulduz kattaligida) sayyora, diametri 555 km. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,2 dan 2,6 astronomik birlik gacha, Quyosh atrofida aylanish davri 504 kun. V. Toshkentda 1900 y.dan boshlab kuzatiladi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil