Veterinariya-sanitariya nazorati
Veterinariya-sanitariya nazorati — chorvachilik fermalari, parrandachilik f-kalari, goʻshtsut kombinatlari, hayvonot mahsulotlari va xom ashyosini tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tashish bilan shugʻullanadigan korxonalarning veterinariya-sanitariya holati ustidan davlat va i.ch. nazorati tizimi. Turli kasalliklarning oldini olishda, hayvon va parrandalarni soʻyishda, mahsulotlarni tashishda, hayvonlar, hayvonlardan olingan mahsulotlar va xom ashyoni eksport-import va ular bilan savdo qilishda V.-s.n. gʻoyat katta ahamiyatga ega. Nazorat tadbirlari aholini yuqadigan kasalliklardan asrash, hayvonlar oʻrtasida yuqumli kasallik paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻtkaziladi. V.-s. n.ning vazifasi goʻshtni qayta ishlash korxonalariga veterinariya xizmati koʻrsatish, dehqon bozorlarida mahsulotlarni tekshirib turish, hayvonlarni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish, ularning mahsulotlarini chetga chiqarish va keltirish ustidan nazorat oʻrnatishdan iborat. V.-s. n. mamlakatimizdagi hamma veterinariya muassasalari, jumladan goʻshtsut va b. oziq-ovqatlarni nazorat qilish st-yalari, teri, jun mahsulotlarini tekshirish lab.lari, davlat chegara punktlari, goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari qoshidagi i. ch.-veterinariya nazorat boʻlimi tomonidan olib boriladi. V.-s. n.ning asosiy tartibi Oʻzbekiston Respublikasining "Veterinariya toʻgʻrisida" qonunida (1993 y. 3 sent.) batafsil belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Veterinariya bosh boshqarmasi mamlakatda V.-s. n.ga rahbarlikni amalga oshiradigan markaziy organ boʻlib, uning koʻrsatmalari shu sohadagi idora va korxonalar uchun soʻzsiz bajarilishi lozim
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |