Veterinariya xizmati
Veterinariya xizmati — mamlakat, hududiy zonalar yoki xalq xoʻjaligining ayrim tarmoqlarida, korxonalar, transport, davlat chegarasi, qurolli kuchlarda jami veterinariya tadbirlarini amalga oshiradigan veterinariya tashkilotlari va muassasalari majmui. Veterinariya xizmati mamlakatda hayvonlar (shu jumladan parranda, moʻynali hayvonlar, baliklar, asalarilar) kasalliklarining oldini olish va ularni yoʻqotish bilan shugʻullanadi; qishloq xoʻjaligi hayvonlarining mahsuldorligini oshirishga karatilgan veterinariya tadbirlari oʻtkazilishini tashkil etadi; veterinariya-sanitariya jihatidan xatarsiz hayvonot mahsulotlari va xom ashyo tayyorlanishini taʼminlaydi, aholini odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklar (zooantroponozlar)dan, mamlakat hududini boshqa davlatlardan hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan muhofaza qiladi. Bu vazifalarni bajarish uchun veterinariya ishiga rahbarlik va veterinariya tadbirlarini tashkil etish mamlakat miqyosida markazlashtirilgan holda olib boriladi.
Hayvonlarni kasalliklardan muhofaza kilish va davolash ishlari ularni xonakilashtirish davridan boshlangan. Davolash bilan choʻpon, otboqar va b. chorvadorlar shugʻullangan. 1929-yil ochilgan Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida veterinariya mutaxassislari tayyorlana boshladi. Viloyatlardagi qishloq xoʻjaligi va zooveterinariya texnikumlarida veterinariya feldsherlari tayyorlandi. 1959-yil Samarqand viloyatida biologik preparatlar tayyorlaydigan kombinat ishga tushiriddi. 1976-yil Samarqandda zararli boʻgʻimoyoklilarga qarshi kurash Oʻrta Osiyo lab. tashkil etildi (Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, u Oʻzbekiston veterinariya-sanitariyasi va akarologiyasi ilmiy tadqiqot institutiga aylantirildi).
Oʻzbekiston Respublikasining "Veterinariya toʻgʻrisida"gi qonuni (1993-yil 3 sentabr)ga binoan mamlakatda davlat veterinariyasi, idoraviy va xususiy Veterinariya xizmati tashkil topdi.
Davlat Veterinariya xizmatini Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent sh. davlat veterinariya boshqarmalari, tumanlar, viloyat va tuman boʻysunuvidagi shaharlarning davlat veterinariya boʻlimlari, ular qaramogʻidagi xayvonlar kasalliklariga qarshi kurash stansiyalari (tuman veterinariya stansiyalari), diagnostika markazlari, veterinariya shifoxonalari, lab.lari, ekspeditsiyalari, hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash qismlari, dehqon bozorlaridagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi lab.lari va davlat veterinariya tarmogʻining boshqa muassasalari amalga oshiradi.
Idoraviy Veterinariya xizmati vazirlik, idora, korxona, muassasa va tashkilotlar tasarrufida boʻlib, veterinariya mutaxassislari oʻz vakolatlari doirasida hayvonlarga idoraviy veterinariya nazorati va Veterinariya xizmati koʻrsatishni amalga oshiradi. Xususiy Veterinariya xizmati bilan veterinariya vrachi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va b., shuningdek veterinariya feldsherlari va texniklari veterinariya vrachi nazoratida shugʻullanishi mumkin.
Respublikadagi chorva va uy hayvonlarida 80 dan ortiq tur va yuqumli, gijja kasalliklari uchraydi. Ularga qarshi kurashda oldini olish tadbir-choralari, emlash, gijjasizlantirish ishlari olib boriladi. Shunga qaramay suturish, leptospiroz, salmonellyoz, teylerioz, qorason, fasallyoz, gemonxoz, senuroz, exinokokkoz, manezioz kabi kasalliklar vaqt-vaqti bilan chorvaga katta ziyon yetkazadi. Keyingi yillarda respublikada qoramollar oʻlati, otlar manqasi, plevropnevmoniya kabi chorva mollariga qiron keltiradigan kasalliklar kuzatilmadi.
Respublika davlat Veterinariya xizmati tarmopsha 2504 nafar veterinariya vrachlari, 2486 nafar veterinariya feldsherlari; idoraviy Veterinariya xizmati tarmogʻida 1719 nafar veterinariya vrachlari va 2872 nafar veterinariya feldsherlari, xususiy Veterinariya xizmati tarmogʻida esa 1231 nafar veterinariya mutaxassislari ishlaydi. Davlat Veterinariya xizmati tizimida 13 viloyat veterinariya boʻlimi, 165 ta tuman veterinariya shoxobchalari, 13 viloyat veterinariya lab., 126 tuman va tumanlararo veterinariya lab.lari, 246 veterinariya-sanitariya ekspertizasi lab.lari, 55 uchastka veterinariya shifoxonalari mavjud (1998).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |