Bodrezak, kalina (Viburnum) — shilvidoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. 125 tacha turi maʼlum. Shulardan chingiz (V. opulus) koʻp tarqalgan. Balandligi 5 m cha. Barglari keng, tuxumsimon, utkir uchli, 3—5 boʻlakli. Gullari oq, mevasi qizil, danakli. Rossiyaning oʻrmon va oʻrmonchoʻl zonasida, Kavkaz, Qrim, Sharqiy Qozogʻistondagi sernam oʻrmonlarda ariq va koʻl yoqalarida; botqoq yerlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Poʻstlogʻida viburnin glikozidi, organik kislotalar, oshlovchi moddalar; mevasida 32% gacha qand, vitamin S, oshlovchi moddalar bor. Poʻstlogʻidan tayyorlangan ekstrakt va qaynatma bachadondan qon ketishini toʻxtatadi, hayz koʻrganda pay do boʻladigan ogʻriqni qoddiradi. Mevasi xalq tabobatida meʼda yarasiga davo qilishda qoʻllanadi.

Bodrezak
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binar nomi
Viburnum

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil