Videman effekti
Videman effekti — elektroni oqayotgan ferromagnit sterjenni boʻylama magnit maydoniga joylashtirilganda unda buralish deformatsiyasining hosil boʻlishi. 1858-yilda nemis fizigi Gustav Videman ochgan. Videman effekti – boʻylama magnit maydoni va elektr toki hosil qilgan aylanma magnit maydoni qoʻshilishidan hosil boʻlgan maydonda magnshpostriksiya koʻrinishlaridan biri. Agar elektr toki (yoki magnit maydoni) oʻzgaruvchan boʻlsa, sterjenda aylanma tebranish paydo boʻladi.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |