Vidsuk (lot. via — yoʻl va duco — oʻtka-zaman) — yoʻllar chukur jarlik, suvsiz dara, botqoqlik va b. bilan tutashadigan joylarga kuriladigan baland va uzun koʻpriksimon inshoot. V. metall, tosh, beton va temir-betondan ishlanadi; odatda, koʻp qulochli va shunga yarasha koʻp tayanchli boʻladi; ravoqsimon va toʻgʻri toʻrtburchak shaklda toʻsinli qilib quriladi. Jarlik, dara, botqoqliklarni tuproq bilan toʻldirish juda qimmatga tushadigan va zamin juda boʻsh boʻlgan hollarda V. qoʻl keladi. Tosh V. Kds. Rimda ham qurilgan va asosan ravoqsimon boʻlgan. Metall va temir-beton V.lar 19-asrdan boshlab kurila boshlagan. V. qurishda meʼmorlar va muhandislarning mahoratlari uygʻunlashib ketishi lozim. Tayanchlari (ustunlari) inshoot oʻrtasiga tomon balandlashib yoki kaltalashib borishi (yaʼni tayanchlarning balandligi har xil boʻlishi) bilan V. estakadadan farq qiladi. Oʻzbekiston hududida qadim zamonlardan beri akveduk (jarlik, dara, soy, anhor va b. ustidan suv oʻtkazish uchun quriladigan inshoot) qurilib kelinadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil