Vijayavada

Muvaffaqqiyatga intiling

Vijayavada, Bezvada — Hindistonning jan.-sharqidagi shahar, Andhra-Pradesh shtatida. Krishna daryosining Bengaliya qoʻltigʻiga quyilish yeri yaqinida joylashgan. Aholisi 700 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Shahardan Madras, Kalkutta va Haydarobodga muhim temir yoʻl va avtomobil yoʻllari oʻtgan. V.da mashinasozlik, qurilish, sement, oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. V. yaqinida yerlarni sugʻorish uchun Krishna daryosiga irrigatsiya inshootlari qurilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil