Soʻrov tahrir

Men suratlarni kirgiza olmayapman shuni qanday kirgizadi iltimos shu haqda yozib yuboring — Bu xabarni 31.29.3.9 (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Hurmatli foydalanuvchi, agar roʻyxatdan oʻtsangiz, vikipediya ustida ishlash va boshqa mualliflar bilan bogʻlanishingiz osonroq boʻladi. Rasmni yuklash uchun, chap ustunning pastidagi "Asboblar" menusidan "Fayl yuklash" moslamasini tanlaysiz, u yerda rasm yuklab boʻlgandan soʻng, rasmni qaysi maqolaga qoʻshishingizga qarab, oʻsha maqolaning kerakli joyida Fayl:Yuklangan tasvir nomi.jpg kabi yozasiz. Sizdan yana bir iltimos bor edi, oʻzbek vikipediyasiga kirill alifbosida emas, balki lotincha yozishingizni soʻrar edim. Oʻzbekistonda oʻzbek tili lotin yozuvida yozilishi qabul qilingani uchun, biz ham ushbu qoidaga amal qilishimiz lozim. Kirill alifbosida yozilgan maqolalar oʻchirilishi lozim, shuning uchun, mehnatingizni zoye ketmasligini xohlar edim. Agarda, savollar boʻlsa munozara sahifamda qoldirishingiz mumkin. --Casual 12:08, 5 Avgust 2011 (UTC)
Kitob va gazeta va shu kabilarni fotoaparatda suratga olib rasmlarni commonsga yuklaganda uni ham litsenziyasi boʻlishishi kerakmi? --Mirzoulug'bek (munozara) 11:30, 23-Mart 2015 (UTC)[javob berish]