Vikipediya:Foydalanuvchilarni tekshirish
Biror sababga koʻra Vikipediya tashqarisida toʻplangan dalillarni taqdim etmoqchi boʻlsangiz, foydalanuvchilarni tekshiruvchilar bilan bogʻlaning. Shaxsiy maʼlumotlar, elektron pochta manzillari, loglar va boshqa maxfiy maʼlumotlarni Vikipediya sahifalarida ulashmang. Qoʻgʻirchoq hisob tekshiruviga bevosita bogʻliq boshqa barcha maʼlumotlar tegishli sahifada ulashilishi kerak.
|
Ushbu sahifada bir yoki undan koʻp Vikipediya hisoblari ayni shaxs tomonidan gʻarazli niyatda yuritilayotgani yoki yoʻqligini tekshirishimiz uchun soʻrov qoldirishingiz mumkin.
Tekshiruv oʻtkazilishini soʻrashdan oldin qoʻgʻirchoq hisob yuritilayotganini taxmin qilish uchun yetarlicha asos borligiga amin boʻling.
- Dalil keltirishingiz shart. Tekshiruv boshlar ekansiz, shubhali qoʻgʻirchoq hisoblar aloqador ekanligini koʻrsatuvchi dalillarni taqdim etishingiz shart. Dalillar orasida hisoblar bir-biriga aloqador ekanligini koʻrsatuvchi difflar boʻlishi kerak. (Tegishli tahrirlar oʻchirilgan holatlar bundan mustasno; bunday holatlarda hisoblar tahrirlagan sahifalarning nomlarini koʻrsatish yetarli boʻladi.)
- Dalillarni tushunarli holda keltirishingiz shart. Mujmal soʻrovlar koʻrib chiqilmaydi. Hisoblar bir-biriga aloqador ekanligi boʻyicha shubhalaringiz nimaga asoslanishini koʻrsatishingiz zarur.
- Loʻnda yozishingiz kerak. Dalillar loʻnda bayon qilinishi kerak. Aniq va qisqa izoh va dalillar keltirilgan soʻrovlar tezroq koʻrib chiqiladi.
Tekshiruvlarni administratorlar oʻtkazadi. Tekshiruv doirasida hisoblar faoliyati tahlil qilinib, ular aloqador ekanligi yoki yoʻqligi imkon qadar aniqlanadi. Oshkora soʻrov qoldirilgan holatlarda foydalanuvchilarni tekshiruvchilar ham tekshiruv oʻtkazishi mumkin. Tekshiruvchilar hisoblar bilan bogʻliq texnik maʼlumotlarni tahlil qilib, koʻrib chiqilayotgan hisoblar naqadar aloqador ekanligini aniqlaydi. Bunday tekshiruv natijasi odatda texnik dalillar deyiladi. Vikipediyaning oʻzidagi va hammaga ochiq dalillar esa xulq-atvorga oid dalillar deyiladi.
Foydalanuvchilarni tekshirish qoidalariga koʻra, xulq-atvorga oid aniq dalillar taqdim etilgandagina texnik tekshiruvlar oʻtkaziladi. Texnik dalillar taqdim etilishini soʻrab, xulq-atvorga oid dalillarni taqdim etmasangiz, tekshiruv oʻtkazilmaydi. Bundan tashqari, maxfiylik siyosatiga muvofiq, tekshiruvchilar odatda muayyan IP manzil muayyan foydalanuvchi hisobi bilan bogʻliq ekanligini oshkora taʼkidlamaydi.
Tekshiruv boshlash tartibi:
| ||
---|---|---|
Mavjud tekshiruvga (yoki „ish“ga) qoʻshimcha qilish uchun quyidagi qutida ish nomini yozing. Yangi tekshiruv boshlash uchun esa ishga aloqador eng eski (yaʼni, dastlab roʻyxatdan oʻtgan) hisob („qoʻgʻirchoq egasi“ desak boʻladi) nomini yozing. Agar faqat IP-adreslar koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, holatga aloqador eng birinchi tahrirni qilgan IP-adresni kiriting. Soʻngra, „Yaratish“ tugmasini bosing. „Foydalanuvchi:“ yoki boshqa qoʻshimcha soʻzlarni yozmang. Masalan, bundan oldin Vikipediya:Foydalanuvchilarni tekshirish/Falonchi nomi bilan tekshiruv ochilgan boʻlsa yoki yangi boshlanayotgan tekshiruvga aloqador eng eski hisob Foydalanuvchi:Falonchi boʻlsa, quyidagi qutida „Falonchi“ deb yozing. Buning ortidan tekshiruv boshlash uchun toʻldirishingiz kerak boʻlgan formadan iborat sahifa ochiladi. Ayni foydalanuvchi boʻyicha navbatdagi tekshiruvni boshlash jarayoni ham shunday kechadi. Takrorlaymiz: raqamlangan qatorlarda „Foydalanuvchi:“ soʻzini kiritmang. Foydalanuvchilarni tekshirish (inglizcha: checkuser) huquqiga ega foydalanuvchilar ishni koʻrib chiqishini istasangiz, keyingi sahifada |FT=yoʻq yozuvini |FT=ha yozuviga oʻzgartiring va nima uchun bunga ehtiyoj borligini asoslab bering. Izoh: Twinkle uskunasi yordamida ham tekshiruv ochishingiz mumkin. Uskunani oʻrnatib olganingizdan keyin istalgan foydalanuvchi, foydalanuvchi munozarasi yoki foydalanuvchi hissasi sahifasida „TW“ tabi ichida „ARV“ opsiyasi chiqa boshlaydi. Ushbu opsiya ustiga bosish va „Sockpuppeteer“ yoki „Sockpuppet“ variantini tanlab, sodda formani toʻldirishingiz va yangi tekshiruv ochishingiz mumkin. Kiritgan maʼlumotlaringiz avtomatik tarzda tegishli formatda chop etiladi.
|