Vikipediya:Imzo
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya maqolalari mazmunini tartibga soluvchi koʻrsatmalarning bir qismidir. Unga amal qilish tavsiya etiladi, lekin u — aqida emas; idrok bilan ish tuting. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Munozara sahifalarida oʻzingizning imzongizni qoldirishni unutmang. Bu boshqa foydalanuvchilarga ular kim bilan suhbatlashayotganliklari, xabar qachon qoldirilganligi haqida maʼlumot beradi.
Imzo qanday qoʻyiladi
tahrirXabar yozib boʻlganingizdan keyin, uni saqlashdan avval xabar oxiriga tilda belgilarini (~) qoʻying. Toʻrtta tilda belgisi (~~~~) foydalanuvchi ismi, uning foydalanuvchi sahifasiga ishorat va xabar yozilgan sanaga aylanadi. Uchta tilda (~~~) esa xuddi shi imzoning oʻzidir, lekin unda sana koʻrsatilmaydi. Beshta tilda (~~~~~) bilan siz faqatgina sanani koʻrsatuvchi (yaʼni, foydalanuvchi ismisiz) imzo qoldirishingiz mumkin. Yoki tahrir oynasida tepasidagi „Imzo va vaqt“ ( ) tugmasini bosishingiz mumkin.
Bunday yozasiz | Bunday saqlanadi | Bunday koʻrinadi |
---|---|---|
~~~
|
[[Foydalanuvchi:Misol|Misol]]
|
Misol |
~~~~
|
[[Foydalanuvchi:Misol|Misol]] 14:51, 22-dekabr 2024 (UTC)
|
Misol 14:51, 22-dekabr 2024 (UTC) |
~~~~~
|
14:51, 22-dekabr 2024 (UTC)
|
14:51, 22-dekabr 2024 (UTC) |
Imzo qoʻyish unutilgan hollar
tahrirAgar biror xabarni yozgan shaxs imzo qoldirmagan boʻlsa, tegishli sahifa tarixi ochilib, uni kim yozganligini aniqlasa boʻladi. Boshqalar ham tarixni ochib ovora boʻlmasin desangiz, {{imzosiz}} andozasi orqali imzo yozib qoʻyishingiz mumkin.
Imzo qayerda qoʻyiladi
tahrirImzoni asosiy maqolalarda qoʻyish mumkin emas. U faqat muloqot uchun ishlatiladi, demak imzoni munozara (jumladan, maqola munozarasi, foydalanuvchi munozarasi, Vikipediya munozarasi va h.k.) sahifalarida qoʻyish kerak.