Bu maqola Vikipediya inshosidir. U erkin uslubda boʻlib, Vikipediya qonun-qoidalariga mos ravishda yozilmagan boʻlishi mumkin.

Vikimajlis 2007 tafsilotlari

tahrir

Xullas, Oʻzbek Vikipediyasining ilk majlisi ham boʻlib oʻtdi. Lekin koʻngildagidek boʻldi, deyish qiyin. UzWiki interfeysiga doir masalalar koʻrilmoqchi edi, biroq afsus, vikipediyachilar deyarli kelmagani uchun universitet talabalariga Vikipediyaning oʻzi nima ekanligi haqida tushuntirishdan u yogʻiga oʻta olmadik. Hafsala pir boʻlgani qoldi.

Vikimajlis haqida shuningdek bu yerdan ham oʻqishingiz mumkin.

Qatnashgan Vikipediyachilar

tahrir

Taassufki, Vikipediyaga bevosita hissa qoʻshuvchi boshqa foydalanuvchilardan darak boʻlmadi.

Qolgan ishtirokchilar: universitet talabalari va pedagoglari hamda matbuot (shu jumladan, Infocom jurnali vakili Yevgeniy Sklyarevskiy va Oʻzbekiston telekanali xodimlari).

Nimalar boʻldi

tahrir

Vikipediyachilardan faqatgina Casual va men boʻlganimiz uchun yigʻilganlarga Wikipedia nima ekanligi va qanday ishlashi haqida maʼruza oʻqishdan nariga oʻtilmadi.

Bevosita Oʻzbek Vikipediyasi ishlari haqida deyarli gapirilmadi. Faqatgina Casual bilan yangi "Oy tarjimasi" loyihasi haqida oz-moz suhbatlashdik. Bu loyiha noyabr oyidan boshlab ishga tushishi koʻzlanmoqda.

Xulosa

tahrir

Vikimajlisdan umid katta edi. Biroq bu umidlar chippakka chiqdi. Balki keyingi majlislar yaxshiroq natija bilan tugar, deb yana umidvor boʻlishimiz qoladi.

Lekin hammasi ham bundayin ayanchli emas. Zero:

  • Bu birinchi majlis. Shuning uchun, tabiiyki, aʼlo darajada oʻtishi amrimahol edi.
  • Odamlar Vikipediya degan qomus borligini bilib olishdi. Balki koʻpchilik qiziqib ham qolar.

Suratlar

tahrir

Quruq matn bilan kifoyalanmay, rasmlarni ham namoyish etaylik:

Muallif - Abdulla

Munozara

tahrir
  • I was there ;)

Casual 20:15, 11 oktabr 2007 (UTC).

  • I wish I was there ( Aziza 07:26, 12 oktabr 2007 (UTC).
  • Majlis ish kuni va vaqtiga toʻgʻri kelib qolmaganida men ham borgan boʻlardim. --Behzod 13:34, 28 oktabr 2007 (UTC)


Ishoratlar

tahrir