Yevgeniy Semyonovich Sklyarevskiy (ruscha: Евгений Семенович Скляревский; 20-oktabr, 1956-yil; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik taniqli jurnalist va bloger. Oʻzbekistonning eng taniqli blogerlaridan biri. Qator internet loyihalar muallifi.

Yevgeniy Semyonovich Sklyarevskiy
ruscha: Евгений Семенович Скляревский
Tavalludi 20-oktyabr 1956-yil (1956-10-20) (67 yosh)
Fuqaroligi  Oʻzbekiston

Yevgeniy Sklyarevskiy 1973-1978-yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. 20 yil davomida aviatsiya zavodida murakkab detallar ishlash boʻyicha texnolog-hisobchi boʻlib faoliyat yuritgan. Keyinroq 5 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining „Maxsus avariya — tiklash boshqarmasida“ (MATB) buxgalteriya, mulk hisobchisi va saytida faoliyat yuritdi. 2003-yilning oktabr oyidan Uzdunrobitada sistema va informatsion texnologiyalar xizmatida mutaxassis lavozimida, 2004-yilning avgustidan „Infocom.uz“ jurnalida faoliyat yuritishni boshlagan[1].

1998-yildan kompyuterlar haqidagi turli jurnallarda, jumladan Oʻzbekistonning „Kompyutel“, „Infocom.uz“, Rossiyaning „Hard’nʼSoft“, „Kompyuterra“ va „Domashniy kompyuter“ jurnallarida maqolalari chop etila boshlagan[1].

2000-yildan „Arbuz — zanimatelniy mir“ loyihasini olib boradi. 2005-yilda „Domen-uz“ loyihasi bilan „ROTOR“da „Yil tadqiqotchisi“ nominatsiyasida uchinchi oʻrinni, 2006-yilda esa ikkinchi oʻrinni egallagan[1].

Yevgeniy Sklyarevskiy shuningdek qator internet loyihalar muallifi. Ushbu loyihalar: „Provayderi Tashkenta“, „Izumrudniy gorod“, „Chistaya lenta novostey“, „Barbaris“, Blog „Arbuzniy“, „Pisma o Tashkente“, „Tsellofan Uzneta“, „Domen-uz“, „Informatsionniy bum“, Studiya „ETYuD“, „Moya sitoembriologiya“, „Xlopkovodstvo“[1].

Sklyarevskiy Vikipediyada ishtirok etmasada, ushbu loyihaga katta qiziqish bilan qaraydi[2]. U Vikipediyani, xususan oʻzbekcha Vikipediyani tahrir qilishga va uni toʻldiriga undab keladi. Ushbu fikrlarning birida U: "Oʻzbekcha Vikipediya hozir Vikipediya boʻlimlari ichida 95-oʻrinni band etib turibdi va bizdan yuqori oʻrinlarni umuman hech kim bilmaydigan „yovvoyi“ tillar egallagan" deb aytgan edi[3][4]. Bir necha marotaba baʼzi Oʻzbekistonlik vikipediyachilardan radiointervyular olgan[5][6]. Yevgeniy Sklyarevskiy 2007-yilda oʻzbekcha Vikipediyaning ilk majlisida jurnalist sifatida qatnashgan edi[7].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 ezhe.ru: Sklyarevskiy Yevgeniy Semenovich
  2. Yevgeniy Sklyarevskiy: Vikipediya — glavniy proekt Interneta, perevernuvshiy nashe predstavlenie ob informatsii
  3. Yevgeniy Sklyarevskiy: Uzbekskaya Vikipediya podrastaet
  4. Vchera russkoy Vikipedii ispolnilos 8 let. V svyazi s etim xotel eщe raz napomnit, chto uzbekskiy razdel zanimaet 95 mesto po kolichestvu statey i nas obgonyayut sovershenno „dikie“ i neizvestnie nikomu narodi.
  5. Uradio: Александр Райков, 2016-04-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-04-15
  6. Uradio: Бехрузбек Очилов, 2016-04-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-04-15
  7. Vikimajlis 2007

Havolalar tahrir