Munozara sahifalarida oʻzingizning imzongizni qoldirishni unutmang. Bu boshqa foydalanuvchilarga ular kim bilan suhbatlashayotganliklari, xabar qachon qoldirilganligi haqida maʼlumot beradi.

Imzo qanday qoʻyiladiTahrirlash

 
Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin.

Xabar yozib boʻlganingizdan keyin, uni saqlashdan avval xabar oxiriga tilde belgilarini (~) qoʻying. Toʻrtta tilde belgisi (~~~~) foydalanuvchi ismi, uning foydalanuvchi sahifasiga ishorat va xabar yozilgan sanaga aylanadi. Uchta tilde (~~~) esa xuddi shi imzoning oʻzidir, lekin unda sana koʻrsatilmaydi. Beshta tilde (~~~~~) bilan siz faqatgina sanani koʻrsatuvchi (yaʼni, foydalanuvchi ismisiz) imzo qoldirishingiz mumkin. Yoki tahrir oynasida tepasidagi „Imzo va vaqt“ ( ) tugmasini bosishingiz mumkin.

Bunday yozasiz Bunday saqlanadi Bunday koʻrinadi
~~~ [[Foydalanuvchi:Misol|Misol]] Misol
~~~~ [[Foydalanuvchi:Misol|Misol]] 00:11, 28-May 2023 (UTC) Misol 00:11, 28-May 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
~~~~~ 00:11, 28-May 2023 (UTC) 00:11, 28-May 2023 (UTC)

Imzo qoʻyish unutilgan hollarTahrirlash

Agar biror xabarni yozgan shaxs imzo qoldirmagan boʻlsa, tegishli sahifa tarixi ochilib, uni kim yozganligini aniqlasa boʻladi. Boshqalar ham tarixni ochib ovora boʻlmasin desangiz, {{imzosiz}} andozasi orqali imzo yozib qoʻyishingiz mumkin.

Imzo qayerda qoʻyiladiTahrirlash

Imzoni asosiy maqolalarda qoʻyish mumkin emas. U faqat muloqot uchun ishlatiladi, demak imzoni munozara (jumladan, maqola munozarasi, foydalanuvchi munozarasi, Vikipediya munozarasi va h.k.) sahifalarida qoʻyish kerak.

Yana qarangTahrirlash