Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Mahmud Hamrayev (munozara) 10:53, 11-Avgust 2023 (UTC)

Assalomu alaykum! Ushbu maqola Serbiya davlati poytaxti Belgrad haqida. Oʻzbek tilida mavjud maqolani inglizcha vikipediyadan tarjima qilib toʻldirdim, boshqa tillardagi maʼlumotlardan ham foydalandim. Strategik mavqega ega boʻlgan shahar 115 ta urushda qatnashgan, 44 marta vayron qilingan, besh marta bombardimonga uchragan va koʻp marta qamalda qolgan. Bugungi kunda ushbu mavqeyini saqlab qolgan. Hurmatli Nataev, Kagansky, Jamshid Nurqul Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Laziz Baxtiyorov, Panpanchik, Salazarov, Boboyev1996, Diwikiped, ShohjahonSobirov, Humoyun Qodirov, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov, Kamol Azzam, Finikchik va boshqa tajribali vikipediyachilar iltimos ushbu maqolani TM statusiga loyiq boʻladigan darajaga yetishida yordamingizni hamda fikrlaringizni ayamanglar. Maqola haqidagi mulohazalaringizni maqolaning munozara sahifasida yoki shu yerda qoldirishingizni soʻrayman. Mahmud Hamrayev (munozara) 10:53, 11-Avgust 2023 (UTC)

Maqola hali statusga hozir emas deb oʻylayman. Oddiy misol, Sava (daryo) haqida maqola bor, ammo ichki havola yoʻq maqolada. "Yevropada mil.avv. asrlarda rivojlangan madaniyatlaridan biri Vincha madaniyati Belgrad hududida miloddan avvalgi VI ming yillikda paydo boʻlgan", kabi gaplar esa gʻaliz. "Primat shahri" esa tikka mashina tarjimasi. "Muhim shahri deyish" mumkin, masalan. Va hokazo. Nataev munozara 13:32, 11-Avgust 2023 (UTC)
Fikrlaringiz uchun rahmat. Maqolada Sava daryosiga ichki havola berilgan, geografiya qismida. Qolgan g'aliz tarjimalar bartaraf etilmoqda. Mahmud Hamrayev (munozara) 15:26, 11-Avgust 2023 (UTC)

Fikrlar

tahrir
  1. Maqolada kamchilik koʻp. Jumladan, imloviy kamchiliklar ham koʻzga tashlanadi. Sava daryosi Dunayga qoʻshilish joyi - shu oʻrinda fikrimcha, daryoga quyilish joyi deb nomlanishi kerak. Agar ikki daryo qoʻshiladigan boʻlsa, odatda yangi daryo hosil boʻlishi kerak. Stefan Lazarevich hukmronligi va vorisi Djurad Brankovich davrida hudud Vengriya qirolligiga qaytarib beriladi. - bu holatda ham gʻalizlik mavjud. Kim tomonidan qaytarib berildi, nima sabab boʻldi kabi savollar yuzaga keladi. Jumlaning asl mazmuni yoʻqolgandek, nazarimda. 1521-yilda Belgrad Usmonlilar tomonidan bosib olinadi va Smederevo sanjagi qarorgohiga aylantiriladi - bu oʻrinda ham vergulning kuchidan toʻgʻri foydalanib, boshqacharoq, ixchamroq shaklda ifodalash mumkin edi. eng katta pravoslav cherkov binolaridan biri boʻlgan Avliyo Sava cherkovi - mazkur oʻrinda agar cherkov binosi hozirda boshqa maqsadda foydalanilayotgan boʻlsa gap toʻgʻri tuzilgan. Hozirda ham cherkov vazifasini oʻtayotgan holatda boʻlsa, jumlani qayta tuzish kerak.Evrovidenie - buni tushunmadim. Hozircha kirish qismida koʻzga tashlangan kamchiliklarni yozdim. Qolgan qismi bilan tanishish asnosida fikrlarni yozib boraman. Imloviy xatolar masalasida yana bir marotaba jiddiy koʻzdan kechirib chiqilsa maʼqul boʻladi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:09, 17-Avgust 2023 (UTC)
  2. Hududiy birliklar uchun sanjak emas, balki sanjoq sifatida ishlatish kerak. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:23, 17-Avgust 2023 (UTC)
     Bajarildi. Siz aytgan kamchiliklar tuzatildi.
    Mahmud Hamrayev (munozara) 15:22, 21-Avgust 2023 (UTC)
  3. Bilgiqutini Enwikidagidek mukammalroq qilishni tavsiya etaman. Xaritalarni 3 xil ko'rinishda ifodalanishi maqolani yanada go'zalroq qiladi. Har qalay maqola TM statusiga nomzod qilinyapti. Boshqa tilda qanday bo'lsa shunday olib o'tib qo'ymasdan qo'shimchalar qo'shilsa zo'r bo'lar edi. — Programmer (munozara) 14:07, 22-Avgust 2023 (UTC)
     Bajarildi. Bilgiqutiga qoʻshimchalar qoʻshildi. Mahmud Hamrayev (munozara) 03:54, 23-Avgust 2023 (UTC)

Rozilar

tahrir
  1.  RozimanDMahmudova (munozara) 19:48, 21-Avgust 2023 (UTC)

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir

 Bajarilmadi. Maqola hali TM statusiga hozir emas. Kagansky munozara 11:32, 9-Dekabr 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.