Vikipediya:Vikitaʼtil
(Vikipediya:VIKITATILdan yoʻnaltirildi)
Vikitaʼtil — vikipedigoliklarning Vikipediyadan ajralishi lozim boʻlgan davr, bu davr vaqtinchalik boʻlishi ham mumkin.
Bu bilan bogʻliq azob vikipediyachiga turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin. Baʼzilarda bu oson (azobsiz) kechadi, qolgan baʼzilarda esa bu ajralish azobli boʻladi. Koʻp hollarda, yuqoridagi ikkinchi guruhga mansub foydalanuvchilar Vikipediyada „nimalar sodir boʻlayotganini tekshirish maqsadida“ Internetga kirish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanib koʻrishga urinishadi.