Vikipediya:Vikipediya — lugʻat emas
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Qisqacha: Vikipediyada shaxslar va narsalar qanday nomlanishiga emas, balki kim yoki nima ekanligiga qarab maqola yaratiladi. Lugʻatlarda esa buning teskarisiga amal qilinadi. |
Vikipediya – lugʻat yoki sleng, jargon yoki foydalanish qoʻllanmasi emas. Aksincha, ushbu loyihaning maqsadi ensiklopediya yaratishdan iboratdir. Qardosh loyihamiz boʻlmish Vikilugʻat lugʻat yaratishni koʻzlaydi. Vikilugʻat „Vikipediyaning leksik hamrohi“ boʻlib, har ikki loyihada bir-biriga koʻpincha havola qilinadi. Vikilugʻat lugʻat yozmoqchi boʻlgan barcha foydalanuvchilarni quchoq ochib kutib oladi.
Vikilugʻatda lugʻat maqolalari ham, Vikipediyadagi ensiklopediya maqolalari ham chala maqola oʻlaroq boshlanishi mumkin, ammo ular tugallanmagan, kengaytirilishi kerak boʻlgan ishlardir. Vikipediya maqolalari yaxshi taʼrif bilan boshlanishi kerak, lekin ular tegishli mavzu boʻyicha boshqa turdagi maʼlumotlarni ham taqdim etishi kerak. Vikipediyada toʻliq maqolaga aylanadigan chala maqolalar lugʻat maqolalaridan tubdan farq qiladi.
Ensiklopediyadagi har bir maqola shaxs, xalq, tushuncha, joy, hodisa, narsa va boshqalar haqida boʻladi. Lugʻat maqolalari esa, birinchi navbatda, soʻz, idioma yoki atama va uning maʼno(lar)i, ishlatilishi va tarixi haqidadir. Baʼzi hollarda soʻz yoki iboraning oʻzi ensiklopedik mavzuga aylanishi mumkin, masalan, „Ulugʻ Vatan urushi“. Bunday maqolalarda kamdan-kam hollarda maqola mavzusining birdan oshiq taʼrifi yoki ishlatilish holati haqida maʼlumot beriladi.
Ensiklopediyadagi chala maqola lugʻat maqolasiga juda oʻxshashi va chala maqolalar yaxshi yozilmagani koʻpincha chalkashliklar keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, „choʻntak“ lugʻatlari" tufayli ayrim foydalanuvchilarni lugʻat izohi qisqa ekanligiga, shuning uchun qisqa maqola va lugʻat izohi ekvivalent degan notoʻgʻri xulosaga olib keladi.