Vikipediya:WikiStipendiya II marafoni/Hududiy oyliklar/Zarafshon oyligi
Zarafshon oyligi
tahrirZarafshon oyligi davomida Oʻzbekistonning Buxoro va Navoiy viloyatlari bilan bogʻliq ensiklopedik ahamiyatga ega istalgan mavzuda, xususan, ushbu viloyatlardagi aholi punktlari, tarixiy joylar, shaxsiyatlar va hokazolar haqida yangi maqola yaratgan hamda mavjud maqolalarni yaxshilagan foydalanuvchilar taqdirlanadi.
Zarafshon oyligi tahrir marafonida istalgan mamlakatda yashovchi foydalanuvchilar ishtirok etishlari mumkin. Oylik 01.07.2023 00:00:00 (GMT+5) dan 31.07.2023 23:59:59 (GMT+5) gacha davom etadi. Koʻrsatilgan muddatdan 1 daqiqa keyin qoʻshilgan maqolalar ham oylik doirasida hisobga olinmaydi va roʻyxatdan oʻchiriladi.
Maqolalar
tahrirNoldan yaratilgan yoki boshqa tillardan tarjima qilingan maqolalar
tahrirZarafshon oyligi davomida oʻzingiz mustaqil yaratgan yoki boshqa tillardan oʻzbek tiliga tarjima qilgan har bir maqolalangizni maxsus „Fountain“ sahifasiga kiritib boring:
Toʻldirilgan mavjud maqolalar
tahrirTahrirlagan maqolalaringizni belgilangan muddat davomida quyidagi jadvalga kiritib boring:
Mukofot jamgʻarmasi
tahrirZarafshon oyligi marafoni davrida yuqori oʻrinlarni egallagan foydalanuvchilar quyidagi tartibda mukofotlanadi:
- 1-oʻrin uchun — 10 million soʻm
- 2-oʻrin uchun — 5 million soʻm
- 3-oʻrin uchun — 3 million soʻm
Resurslar
tahrir- Loyiha:Buxoro viloyati
- Loyiha:Navoiy viloyati
- Kerakli adabiyotlar jamlangan Telegram kanal havolasi
- Yaratilgan maqolalar uchun Fountain sahifasi
- Tahrirlangan maqolalarni kiritib borish uchun maxsus sahifa
WikiTur
tahrirOʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi va „Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi Vikimediachilar foydalanuvchi guruhi“ aʼzolari hamkorligida 2023-yilning 25-iyundian—28-iyuniga qadar Zarafshon oyligi doirasida Oʻzbekistonning Navoiy hamda Buxoro viloyatlari boʻylab Wiki-tur uyushtirildi.
Natija
tahrir01.07.2023 sanasidan 31.07.2023 sanasiga qadar oʻtkazilgan Zarafshon oyligi natijalari bilan quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin: