Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/KSS/Qanday maqola murakkab rasmiylashtirilgan hisoblanadi?
Savol: Qanday maqola murakkab rasmiylashtirilgan hisoblanadi?
Javob: Maqola murakkab rasmiylashtirilgani uchun qoʻshimcha ball olishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Toʻliq toʻldirilgan bilgiquti: Maqolada birorta ham xorijiy soʻz boʻlmagan, toʻliq toʻldirilgan bilgiquti boʻlishi kerak.
- Qoʻshimcha jadval/diagramma: Maqolada kamida bitta qoʻshimcha jadval yoki diagramma boʻlishi kerak. Jadval va diagrammalarga muayyan talablar bor. Xususan, jadvalda birorta xorijiy soʻz yoki qisqartma boʻlmasligi kerak. Xorijiy soʻzlar ishlatilgan holatlarda (masalan, tarjima qilishning iloji boʻlmagani uchun) ularning har biridan tegishli vikimaqolaga ichki havola boʻlishi kerak. Diagrammalar esa boshqa tillardan tarjima qilinmay maqolaga qoʻshilsa, hisobga olinmaydi. Foydalanuvchi oʻzi mustaqil yaratgan diagrammalar esa hisobga olinadi.
- Yana birorta qoʻshimcha element: Maqolada yuqorida aytib oʻtilgan elementlarga qoʻshimcha tarzda kamida yana bitta qoʻshimcha element boʻlishi kerak. Qoʻshimcha elementlarga quyidagilar misol boʻla oladi:
- jadval
- iqtibos
- foydalanuvchi oʻzi Vikiomborga yuklagan surat
- diagramma
- navigatsiya qutisi
- yangi yaratilgan Vikimaʼlumotlar bandi
- did bilan yaratilgan tasvirlar galereyasi
- mustaqil yaratilgan andoza
Bu talablarga javob bergan maqolaga har bir hakam oʻzi mustaqil ravishda qoʻshimcha ball berish huquqiga ega. Jadval va diagrammalardagi kamchiliklar uchun qoʻshimcha ball bermaslik har bir hakamning huquqi va foydalanuvchilar talabiga binoan berilgan baho oʻzgartirilmaydi.
Diqqat! Asosan mashina tarjimasi boʻlgan va tushunarsiz yozilgan maqolaga hech qanday holatda murakkab rasmiylashtirilgani uchun qoʻshimcha ball berilmaydi.