Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Bayt al Qur’on

Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Ibrohimjon 11:12, 14-Mart 2024 (UTC)

Assalomu alaykum! Ushbu maqola islomiy muzeylardan biri Bahraynda joylashgan Bayt al Qur’on muzeyi haqidadir. Maqola bilan tanishib chiqib, oʻz fikrlaringizni bildiring va ovoz berishda ishtirok eting. Hurmat bilan Ibrohimjon 11:12, 14-Mart 2024 (UTC)

Fikrlar

tahrir
  1. Maqolada u soʻzidan juda koʻp foydalanilgan
  2. tarixiy qoʻlyozmalarni saqlashga uchun ochilgan jumlasini tuzatish kerak.
  3. ob’ekt emas obyekt
  4. Vikifikator yetmagan joylar bor
  5. Baʼzi oʻrinlarda ishlatilishi kerak boʻlgan tinish belgilarini qoʻyish kerak
  6. Majmua nomining arabchadagi yozilishida andozadan foydalangan maʼqulroq. Sitora Oblakulova (munozara) 06:33, 19-Mart 2024 (UTC)
    Kamchiliklar  Tuzatildi. Qayta koʻrib chiqishingiz mumkin Ibrohimjon 17:14, 19-Mart 2024 (UTC)

Panpanchikdan fikrlar

tahrir
  • Maqolaning preambula qismi ancha kichik.
  • mintaqaviy jurnalga qismida tushunarsizlik mavjud.
  • Muzey fondlarining asosini Kanuning bu qismdagi Kanu nimaga ishora qiladi?
  • ishtiyoqli kolleksiyachi bu jumla gʻalizligi bor. Ishtiyoqsiz kolleksiyachi ham boʻladimi?
  • u oʻz kolleksiyasini Qur’on va tarixiy qoʻlyozmalarni saqlashga uchun ochilgan muassasani boshqarish maqsadida oʻzi tashkil etgan muzeyga sovgʻa qilgan saqlashga uchun??? Bu nima degani?
  • turli burchaklaridan Sharqdan Xitoy va Gʻarbdan Ispaniyagacha mazkur jumladan ham gʻalizlik mavjud. Shuningdek maqolada oʻxshash soʻzlarning qoʻllanilishi va qoʻshimchalarning (-dagi, -ga, -ning kabilar) ketma-ket nooʻrin qoʻllanilishi kuzatilgan. Jumladan, XII asrdagi eski uslubdagi
  • shuningdek va soʻzining oʻzi bir gapda ikki martadan koʻproq foydalanilgan. Buning oʻrniga gapni sodda gaplarga ajratgan maʼqul emasmi?
  • qizil linklar berilishida ham xatoliklar bor.
  • Konferentsiya???
  • Yusuf Bin Ahmad Kanu yuqorida Kanoo pastda Kanu qaysi biri toʻgʻri?
  • Yana qarang boʻlimidagi Bahrayndagi islom nomli yozuv xato berilgan (qarang:Turkiyada islom)

Yuqoridagi fikrlar maqolani yuzaki koʻrib chiqish orqaligina aniqlandi. Rosti maqola status nomzodligiga loyiq emas.

Rozilar

tahrir
  1.  Roziman Maqola juda ajoyib yozilgan. Unda yozilgan barcha yillar toʻgʻri va faktlar asoslab berilgan. — XayrinisoJorayeva (munozara) 23:10, 16-Mart 2024 (UTC)

Qarshilar

tahrir
  1.  Qarshiman maqola ichidagi gʻalizliklarni haddan ziyod koʻpligi uchun. Muallifdan ularni toʻgʻirlagandan soʻnggina qayta statusga qoʻyishini va har qanday maqolani statusga qoʻyishdan bir necha marotaba qayta-qayta oʻqib chiqishini tavsiya qilaman. PanPanChik #yozish 11:59, 25-Aprel 2024 (UTC)

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir

 Bajarilmadi — Bir foydalanuvchi rozi, bir administrator asoslar bilan qarshilik bildirgan. yuqorida taʼkidlanganidek, gʻalizliklar, hatto maqola nomi ikki xil yozilishi (baʼzi joyda chiziqcha bilan, bilgiqutida chiziqchasiz) kabi ahamiyatli xatoliklar tufayli hozirgi holatida statusga loyiq koʻrilmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 18:45, 25-Aprel 2024 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.