Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Me at the zoo
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Muzaffar Murodovich (munozara) 07:45, 9-avgust 2024 (UTC)
Maqola YouTubega yuklangan ilk video haqidadir. Maqolani kengaytirildi va shu koʻrinishga olib kelindi. Maqola inglizcha Vikipediyada yaxshi maqola statusini olgan. Ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Muzaffar Murodovich (munozara) 07:45, 9-avgust 2024 (UTC)
- Balki „asoschisi“ emas, „asoschilaridan biri“ deyish kerakdir? Inglizchasi „co-founder“ ekan. Jamshid Nurqul (munozara) 20:42, 9-avgust 2024 (UTC)
- Tamam. Muzaffar Murodovich (munozara) 04:58, 10-avgust 2024 (UTC)
- Hammuassis deb berish ham mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:09, 21-avgust 2024 (UTC)
Maqolani toʻliq oʻqib, mayda kamchiliklarini tahrirladim. Lekin ayrim oʻrinlarini yana tuzatish kerak, menimcha. Masalan, „Yaxshi, biz fillarning oldidamiz va bu bolalar haqidagi eng ajoyib narsa shuki, ularda juda, juda, juda uzun, um, xartumlar bor“ gapidagi um ingliz tilida ikkilanish, mulohaza yuritish kabi holatlarda ishlatiladi. Lekin oʻzbek tilida bunday soʻz yoʻq. Shuning uchun uni boshqa soʻzga alishtirish yoki olib tashlash kerak.
Oxirgi boʻlimda ketma-ket 3 ta gap oʻzgartirilgan soʻzi bilan tugagani uchun biroz gʻaliz shaklga kelgan. Ularni ham tuzatish kerak.
"Aaron Duplantier oʻzining „Authenticity and How We Fake It: Belief and Subjectivity in Reality TV, Facebook and YouTube“ kitobida „Me at the zoo“ning „oddiy“ligi va „quruq estetika“si YouTubening oʻziga xos havaskor kontenti uchun tonni belgilab berganini aytgan" gapidagi tonni belgilab bergan jumlasi ham biroz gʻaliz. Oʻrniga oʻziga xos ohang bergan yoki ohangni belgilab bergan deb oʻzgartirgan maʼqul. Aynan tarjimada jumlalar unchalik tushunarli va chiroyli chiqmaydi. Qandaydir qoʻshimcha jumlalar bilan uni toʻldirish va tushunarliroq yozish kerak deb oʻylayman. — Bu xabarni Sitora Oblakulova (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
- Tahrirlar uchun rahmat! Lekin tahrirdagi ayrim kamchiliklarni tuzatdim. Masalan, tire va qoʻshtirnoq. Veb-sayt emas, veb sayt yoki vebsayt.
Mazmun jihatidan „um“ soʻziga alternativ sifatida oʻzbek tilidagi himm soʻzini ishlatish mumkin. Lekin videoda Karim aynan shu ohangda tutilib qolgani uchun qoldirgan edim.
"Oʻzgartirilgan" soʻzlarini „almashtirilgan“, „tahrirlangan“ ga; „ton“ soʻzini „namuna“ soʻziga oʻzgartirdim. Rahmat. Muzaffar Murodovich (munozara) 08:10, 16-avgust 2024 (UTC)
- Veb-sayt soʻzini men ham lugʻatdan koʻrib shunday yozgandim. Siz qayerdan koʻrib veb sayt yoki vebsayt shaklida yozdingiz?
- Um soʻzini menimcha umuman olib tashlagan maʼqul. Videodagi soʻzni keltirish kerak, lekin bunday emotsiyani ifodalaydigan, oʻzbek tilida mavjud boʻlmaganlarini emas. Sitora Oblakulova (munozara) 18:17, 16-avgust 2024 (UTC)
- Wikimedians guruhida chiziqchalar borasida muhokama ketganida mana bu asos qilingan edi.
- Qolgani maʼqul, menimcha. Boʻlmasa, himm ga oʻzgartira qolaman. Muzaffar Murodovich (munozara) 06:33, 17-avgust 2024 (UTC)
- Kirish qismi: „Kaliforniyadagi“ soʻziga ichki havola koʻrsatilmagan; Manbalar: qaralgan sanasi EnWikida qanday boʻlsa shunday turibdi. Sayt ishlaydi yoki yoʻqligini bitta-bitta kirib koʻrib sanani yangilash kerak. — Kagansky munozara 12:56, 26-avgust 2024 (UTC)
- Bajarildi. „Kaliforniyadagi“ soʻziga ichki havola koʻrsatildi. Har bir manbani tekshirdim va qaralgan sanalarni yangiladim. 18-manba havolasi oʻzgartirilgan ekan, lekin archive.org'ga nusxalangan. Muzaffar Murodovich (munozara) 05:34, 29-avgust 2024 (UTC)
- Maqola matnini toʻliq koʻrib chiqdim, ikkitagina navbox andozasi qoʻshilsa, maqolaga status bersak boʻladi. Xushsifat boʻlishi uchun navboxlar kamlik qilyapti. Jamshid Nurqul (munozara) 23:30, 30-avgust 2024 (UTC)
- Jamshid Nurkulov, ikkalasini ham qoʻshdim. Muzaffar Murodovich (munozara) 10:01, 31-avgust 2024 (UTC)
- Maqola matnini toʻliq koʻrib chiqdim, ikkitagina navbox andozasi qoʻshilsa, maqolaga status bersak boʻladi. Xushsifat boʻlishi uchun navboxlar kamlik qilyapti. Jamshid Nurqul (munozara) 23:30, 30-avgust 2024 (UTC)
- Bajarildi. „Kaliforniyadagi“ soʻziga ichki havola koʻrsatildi. Har bir manbani tekshirdim va qaralgan sanalarni yangiladim. 18-manba havolasi oʻzgartirilgan ekan, lekin archive.org'ga nusxalangan. Muzaffar Murodovich (munozara) 05:34, 29-avgust 2024 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman Ahror Akramovich (munozara) 12:18, 22-avgust 2024 (UTC)
- Roziman Sitora Oblakulova (munozara) 19:22, 23-avgust 2024 (UTC)
- Roziman. Ibrohimjon 16:47, 29-avgust 2024 (UTC)
- Roziman. Maqola status olishga loyiq deb oʻylayman. Jamshid Nurqul (munozara) 13:17, 31-avgust 2024 (UTC)
- Oʻqib chiqib xatolik koʻrmadim, maqola XM statusiga loyiq. Maqola status olishiga Roziman – Axadjon1 (munozara) 13:48, 31-avgust 2024 (UTC)
- Roziman – Statusga loyiq maqola. Muxriddin Azimov (munozara) 14:23, 31-avgust 2024 (UTC)
- Roziman qiziqarli maqola ekan Xabibulla Muxamedov (munozara) 15:46, 31-avgust 2024 (UTC)
- Roziman. Alpasli (munozara) 17:56, 31-avgust 2024 (UTC)
Qarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarildi. Yana bir xushsifat maqola uchun nominatorga tashakkur. Laziz Baxtiyorov (munozara) 02:58, 1-sentyabr 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.