Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Vanadzor
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Mundarija
- Nominator(lar): Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 14:06, 9-Oktyabr 2023 (UTC)
Ushbu maqola 2013-yil CoderSI bot tomonidan yaratilgan, men ushbu maqolani butunlay yangilagan holda XM statusi uchun nomzod sifatida taqdim etmoqchiman. Maqola Armanistonga qarashli boʻlgan Vanadzor shahri haqida. Hurmatli Jamshid Nurkulov, Kagansky, Artemev Nikolay, Kamol Azzam, Laziz Baxtiyorov, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Nataev, Umarxon III va boshqalar maqola haqida oʻz fikrlaringizni bildirib, ovoz berishni ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 14:06, 9-Oktyabr 2023 (UTC)
Fikrlar
tahrir- Ewikidagi maqola bilan bir solishtirib koʻring hali koʻp joyi tarjima qilinmagan ekan. Shuni ham qoʻshsa yaxshi boʻlar balki. MrShaxas #Munozaracha 18:28, 9-Oktyabr 2023 (UTC)
- Bildirgan fikringiz uchun rahmat. Enwiki’dagi maqoladagi baʼzi 2 ta 3 ta gaplarning maʼnosi umumiy bitta gapda kelib chiqaypati, shu sababli ularni iloji boricha ixchamlashtirdim, oʻqiyotgan kishiga osonroq boʻlishi uchun. Turizm boʻlimi, manba bilan tasdiqlanmaganligi uchun, oʻzim ham unga aloqador manba topolmaganligim uchun tarjima qilmadim shu qismini. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 09:14, 10-Oktyabr 2023 (UTC)
- Maqolani yanada toʻldirishni tavsiya etaman! Zarifboyev (munozara) 10:56, 12-Oktyabr 2023 (UTC)
- Maqolani enwikidagi aksariyat qismini tarjima qilgandim.Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 15:00, 12-Oktyabr 2023 (UTC)
- Bildirgan fikringiz uchun rahmat. Enwiki’dagi maqoladagi baʼzi 2 ta 3 ta gaplarning maʼnosi umumiy bitta gapda kelib chiqaypati, shu sababli ularni iloji boricha ixchamlashtirdim, oʻqiyotgan kishiga osonroq boʻlishi uchun. Turizm boʻlimi, manba bilan tasdiqlanmaganligi uchun, oʻzim ham unga aloqador manba topolmaganligim uchun tarjima qilmadim shu qismini. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 09:14, 10-Oktyabr 2023 (UTC)
Turkumlashtirish kerak. Ibrohimjon 14:47, 11-Oktyabr 2023 (UTC)
- Bajarildi Turkumlar qoʻshdim Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 14:55, 11-Oktyabr 2023 (UTC)
Maqolani koʻzdan kechirib chiqdim. Baʼzi oʻrinlarda asrlar orasida chiziqcha ishlatilgan, tire bilan alishtirish kerak. Dini boʻlimidagi soborlar nomi nima uchun inglizchada berilgan? Oʻzbekcha yozish yoki armanchada oʻqilishini yozish yaxshiroq emasmi? – Xoqoni Said yozish 17:54, 28-Oktyabr 2023 (UTC)
- Bajarildi Asrlar orasidagi chiziqchalarni tirega almashtirdim, cherkov va sobor nomlarini ham oʻzbekcha yozdim. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 04:47, 29-Oktyabr 2023 (UTC)
Maqolalaga havolalar boʻlimini qoʻshishingiz, va enwiki yoki ruwikidagidagi navboxlarni tarjima qilib olib oʻtishingiz keyin {{Tashqi havolalar}} andozasini ham qoʻshishingiz lozim. Shunda maqola goʻzal boʻlardi. Mirishkorlik (munozara) 05:06, 2-Noyabr 2023 (UTC)
- Bajarildi Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 20:21, 2-Noyabr 2023 (UTC)
- Kirish qismi: koʻpaytirish kerak; Armanistonga ichki havola koʻrsatish kerak; qaysi yillarda qanday nomlar bilan atalganini qisqacha koʻrsatib oʻtish kerak (RuWikidagi maqolaga qarang); "kattaligi boʻyicha uchinchi oʻrinda turuvchi shahar" Armanistondagimi yo Armaniston shimolidagimi, aniqlik kiritish kerak; "128 km." dagi nuqta kerakmas; "Poytaxt Yerevandan 128 km. shimolda joylashgan boʻlib, 2023-yilgi maʼlumotlarga koʻra, shaharda 76 000 kishi istiqomat qiladi" 2 ta alohida-alohida gapga ajratish kerak. – Kagansky munozara 11:58, 3-Noyabr 2023 (UTC)
- Bajarildi --Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 04:33, 4-Noyabr 2023 (UTC)
- Bajarilmadi. Kirish qismini koʻpaytirish kerak. Sabablari: 1. Maqolaning kirish qismi uning asosiy matnining qisqacha izohi tarzida boʻlishi kerak; 2. Maqolaga status berilgan taqdirda u bosh sahifaga chiqariladi. Buning uchun normal hajmda yozilgan preambula kerak. – Kagansky munozara 20:51, 8-Noyabr 2023 (UTC)
- Bajarildi Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 15:44, 9-Noyabr 2023 (UTC)
- Nomlanishi: "Shahar Rossiya imperiyasining rasmiy hujjatlarida Karaklis Bolshoy (ruscha: Karaklisʼ B.) shaklida qayd etilgan" deyilib, bitta hujjat koʻrsatilyapti. Undagi 22-betda ham, 71-betda ham Karaklis Bolshoy yoki Karaklisʼ B. yozuvini topa olmadim. Karaklis soʻzi Bolshoy yoki B. qoʻshimchalarisiz 67-betda koʻrsatilgan ekan. U boshqa aholi punktiga oʻxshaydi. 1-dan, gapda hujjatlar deyilganidan keyin kamida 2 ta hujjatni manba oʻlaroq koʻrsatish kerak. 2-dan, koʻrsatilgan manbadagi kitobga tegishli maʼlumotlarni original yozuvda yozish kerak. 3-dan, manbadan Karaklis Bolshoy yoki Karaklisʼ B. deb yozilgan betni aniq qilib koʻrsatish kerak; "Armaniston SSSRga qoʻshilgach, 1926-yilda shaharga arman bolshevik inqilobchisi Aleksandr Miasnikyan sharafiga Martunashen deb nom berilgan" deyilyapti. 1-dan, bu gapni tasdiqlovchi hujjatni tekshirib boʻlmayapti; 2-dan, tarjima qilinganda qisqartirishlar va xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan; Umuman olganda ushbu boʻlim EnWikidan tuzuk tarjima qilinmagan; Boʻlimni shaharning eski Karaklis yoki Karakelise nomi turkchada Kara kilise (Qora cherkov) dan kelib chiqqani haqidagi gaplar bilan ham toʻldirish mumkin. – Kagansky munozara 11:58, 3-Noyabr 2023 (UTC)
- Bajarildi Izlanib koʻrib aniqladimki, Karaklis Bolshoy va Karaklis atamalari bir xil ishlatilgan ekan. Men manba sifatda keltirgan kitobda haqiqatdan ham 67-betda qayd etilgan ekan Karaklis soʻzi. Shundan keyin manbani toʻgirlab qoʻydim. Shaharni Miasnikyan deya nomlanishi haqidagi manbani men tekshirib koʻrdim, va u oʻz holicha qoldi. Siz aytgan, turkchadan kelganligi haqida ham maʼlumot kiritdim. --Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 05:09, 4-Noyabr 2023 (UTC)
- Hozirgi Vanadzor hududida Jez davridan beri odamlar yashab keladi. deyilgan gapga manba kerak; VII—IX asrlarda Vanadzorni Arsaklar va Bagratuniylar sulolalari boshqargan. bu gapgayam ham manba ham VII—IX asrlarda shahar Vanadzor deb nomlanganiga manba kerak; 1826-yili Lori viloyati rus-fors urushi paytida Hasanxon tomonidan vayron qilingan Hasanxonning hukmronlik yillarini va nomiga ichki havola koʻrsatish kerak; 1828-yilda rus-turk urushi paytida ruslar oʻz qoʻshinlarini joylashtirish uchun eng qulay joy sifatida Vanadzorni tanlab, oʻz qoʻshinlarini ushbu hududda joylashtirishgan. gapni va 1828-yilda nomi Vanadzor ekanligini tasdiqlovchi manbani koʻrsatish kerak; Xachatur Abovyanga ichki havola koʻrsatish kerak; Umuman shahar 1992-yilga qadar barcha davrda Vanadzor shaklida tilga olinyapti, barcha gapga nomi Vanadzor boʻlganini tasdiqlovchi manba kerak; – Kagansky munozara 11:58, 3-Noyabr 2023 (UTC)
- Bajarildi Aytganingiz kabi, 1820-yillarda shahar hozirgi nomida boʻlmagan ekan, izlanib oʻsha paytdagi nomini yozdim, qolgan oʻrinlarni ham toʻgʻirlab chiqdim. --Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 05:25, 4-Noyabr 2023 (UTC)
- Bajarilmadi. "1828-yilda rus-turk urushi paytida ruslar oʻz qoʻshinlarini joylashtirish uchun eng qulay joy sifatida Vanadzorni tanlab, oʻz qoʻshinlarini ushbu hududda joylashtirishgan." deyilgan gapni tasdiqlovchi manba yoʻq. Shahar 1828, 1849, 1939, 1988-yillarda Vanadzor deb nomlanganigayam manba bormi? Bir yerda shahar 1992-yildan keyin Vanadzor deb nomlangan deyilsa, boshqa joylarda u bir umr shu nom bilan atalganday yozilgan. – Kagansky munozara 21:06, 8-Noyabr 2023 (UTC)
- Bajarildi Enwikidagi kabi 1800-yilarda Karakalisa shaklida, 1935-yildan mustaqillik davrigachasini Kirovakan tarzida yozdim--Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 15:44, 9-Noyabr 2023 (UTC)
- Maqola yaxshi yozilgan. Ammo, yuqorida admin aytganlaridek, kirish qismidagi belgilar soni kamroq (800taga ham yetmaydi). XM olgan oxirgi 3ta nomzodlarning kirish qismidagi belgilar soni kamida 980ta belgini tashkil etgan. Young Economist7 (munozara) 04:00, 19-Noyabr 2023 (UTC)
- Bajarildi Bildirgan fikringiz uchun rahmat, kirish qismidagi belgilar soni 980 taga yetkazildi. --Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 09:33, 19-Noyabr 2023 (UTC)
Qoʻshimcha fikrlar
tahrirMaqolada ayrim kamchiliklar koʻzga tashlanadi. Avvalo preambula qismi juda qisqa. Ayni statusli maqolalarning kirish boʻlimi kengroq boʻlishi talab etiladi. Bilgiqutini boshqa vikipediyadagi naʼmunalar asnosida yana ham goʻzallashtirishni tavsiya qilaman. Huddi shuningdek joy iqlimi andozasini ham. Vanadzor botanika bogʻi haqidagi gapni yuqorigi xatboshida bergan maqul, iqlim boʻlimiga xos emas. Ayrim qizil vikilinklar (masalan Hasanxon) xato berilgan va qayta tahrirlanishi shart. Shahar nomi garchi avval Karaklisa deb nomlangan boʻlsa ham maqola ichida shaharchani bu nom bilan atash maqul emas, bu oʻquvchini chalgʻitadi. Populyatsiya boʻlimidagi jadvalning 3-izoh bandiga yozuvlar boʻlmasa uni olib tashlagan maqul. M3 va M6 fikrimcha avtomagistrallar boʻlishi kerak, sababi temiryoʻl haqida pastda alohida boshqacha fikr berilgan. Ingliz tilidagi maqolada ham u railway emas highway sifatida berilgan! Panoramik suratni keng tasvir andozasi bilan rasmiylashtirishni tavsiya qilaman va uni boshqa boʻlimga koʻchirgan maqul. Sportga aloqador rasm emas. Shuningdek agarchi siz bu maqolani statusga olib chiqmoqchi ekansiz unga yana boshqa turkumlar ham biriktirishingiz tavsiya etiladi. Maqolada faqatgina yillarni emas muhim ahamiyatli joylar, maskanlar vahokazolarni ham vikilink bilan boyitish kerak. PanPanChik #yozish 15:10, 24-Noyabr 2023 (UTC)
- Aytib oʻtgan kamchiliklar Tuzatildi Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 16:00, 24-Noyabr 2023 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman — Zarifboyev (munozara) 03:55, 27-Oktyabr 2023 (UTC)
- Roziman Ajoyib maqola uchun tashakkur! LilyJames30 (munozara) 13:47, 29-Oktyabr 2023 (UTC)
- Roziman — maqola yaxshi yozilgan, juda kichik kamchiliklari boʻlmasa, katta xatoliklar mavjud emas, 5 chi manbada xatolik bor shuni tahrirlab qoʻying— Axadjon1 (munozara) 10:22, 1-Noyabr 2023 (UTC)
- Aytib o'tilgan kamchilik shu modul yaratilsa Module:Webarchive/data bartaraf bo'ladi. Enwikidan ko'chirasiz. Ibrohimjon 10:33, 1-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklar tuzatilganini inobatga olgan holda. Hali ham ichki havolalarni koʻpaytirish kerak. Xoqoni Said yozish 09:00, 2-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman Aytilgan kamchiliklar kiritildi Mirishkorlik (munozara) 11:05, 3-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman Muallif oʻtgan vaqt davomida kamchiliklarni bartaraf etdi. Young Economist7 (munozara) 05:28, 20-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Bir qarashda yaxshigina mehnat qilingani kuzatiladi. Maqola XM kriteriylaridanda yuqoriroq darajada yaxshi holatga keltirilgan. Yoqimli tahrirlar! — Kagansky munozara 16:30, 27-Noyabr 2023 (UTC)
Qarshilar
tahrir# Qarshiman. Maqolani EnWikidan tarjima qilib hajmini koʻpaytirishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Tarixi buzib koʻrsatilgan. Bundan tashqari manbalar, ularni iddaolarni tasdiqlab koʻrsatishda, manbalarni nomlashda statusli maqolaga mos ravishda yozilmagan. Bitta manbada sayt ishlamaydi degan xabar turibdi. Maqolada kamchiliklar judayam koʻp. Men yuqorida bir qisminigina kamchiliklarini yozdim. XM statusiga loyiq emas. — Kagansky munozara 12:29, 3-Noyabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum, siz aytgan barcha xatoliklarni toʻg'irlab chiqdim, qayta koʻrib chiqishingiz mumkin. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 05:27, 4-Noyabr 2023 (UTC)
Betaraflar
tahrir- Betarafman – Maqola kamchiliklari oʻrinlicha tuzatilgan, lekin unda andozalar bilan ishlashdagi tahrirchining tajribasizligi kuzatiladi. Shuningdek preambula qismi status uchun biroz kamlik qiladi. Maqola uchun muallifga tashakkur va keyingi ishlarida muvaffaqiyat tilab qolaman. PanPanChik #yozish 07:13, 27-Noyabr 2023 (UTC)
Xulosa
tahrirBajarildi — Maqola 7 ta rozi, 1 ta betaraf ovoz oldi, berilgan ovozlar, nominatorning mehnati va tirishqoqligi hisobga olingan holda maqoladagi kichik kamchiliklar tuzatildi va ijobiy xulosa chiqarildi. Bardavom boʻlsin, nominatorga tashakkurlar! Jamshid Nurqul (munozara) 19:19, 28-Noyabr 2023 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.