Vikipediya maʼlumotlar bazasida birinchi tahrir „Bosh sahifa“ga 2001-yil 15-yanvarda chop etilgan va bu tahrir „Bu yangi Vikipediya!“ (English:  This is the new WikiPedia!) matnidan iborat edi. 2021-yil dekabr oyida hammuassis, Jimmy Wales keyinroq bu tahrirni oʻchirib yuborganini aytgan. „Hello, world!“ matni boʻlgan avvalgi tahrirning qayta yaratilishini o‘z ichiga olgan veb-saytni eng yuqori baholovchiga NFT shaklida sotishini e’lon qildi.

„Hello, world!“ tahririning qayta yaratilishi. Christie's tomonidan 750 000 AQSH dollariga kim oshdi savdosiga qo'yilgan.

Tarixi

tahrir

Istalgan foydalanuvchi tomonidan tahrirlana oladigan, erkin litsenziyalangan gipermatnli ensiklopediya tushunchasi birinchi marta 1990-yillarda ilgari surilgan; Richard Stallman 1998-yilda „Bepul universal ensiklopediya va oʻquv resursi“ni taklif qildi[1]. 2001-yilda Vikipediya dastlab Larry Sanger tomonidan keng jamoatchilikning koʻngillilar tomonidan yoziladigan manbai sifatida yaratilgan boʻlib, unga keyinchalik Jimmy Wales tomonidan asos solingan va koʻp sohalardagi „malakali koʻngillilar“ tomonidan yozilgan hamkorlikdagi ensiklopediya boʻlmish Nupediadan maʼlumot olish mumkin edi[2]. 2001-yil 13-yanvarda Vikipediyaning domen nomi roʻyxatga olindi[3] va 2001-yil 15-yanvarda Vikipediya ishga tushirildi[3][4].

Birinchi tahrir

tahrir
 
2001-yil 16-yanvardagi Vikipediya:UuU:UuU tahriri Vikipediya maʼlumotlar bazasida ilgari saqlanib qolgan eng qadimgi tahrir edi.

Tarixiy jihatdan, Vikipediya maʼlumotlar bazasida saqlanib qolgan eng qadimgi tahrir 2001-yil 16-yanvarda UuU sahifasining qayta koʻrib chiqilishi boʻlib, U harfi bilan boshlangan mamlakatlar roʻyxati sifatida yaratilgan va oʻsha davrdagi dasturiy taʼminotni hisobga olgan holda gʻalati sarlavha berilgan[5][6]. Oʻsha vaqtdagi sahifalar tarixi UseModWiki dasturi tomonidan ishonchli tarzda saqlangan. 2010-yilda Vikimedia dasturchisi Tim Starling arxivdan UseModWikining dastlabki versiyalarining ilgari kirish imkoni boʻlmagan yozuvlarini topib olgan[7]. Ushbu tahrirlar 2019-yil 30-iyulda Vikipediya maʼlumotlar bazasiga import qilinganida[8][9], eng birinchi qayd qilingan tahrir 2001-yil 15-yanvardagi anonim shaxs tomonidan office.bomis.com serveridan foydalangan holda kiritilgan „This is the new WikiPedia!“ matni bilan Bosh sahifaning yaratilishi boʻldi[10].

Ushbu tahrirlarning importi haqida xabardor boʻlgan Wales shunday deydi:

Maʻlumot oʻrnida shuni taʼkidlab oʻtamanki, bu topilgan eng dastlabki tahrirlar, lekin eng birinchi tahrirlar emas. UseModWikining dastlabki kunlarida men *qattiq diskda* koʻp narsalarni oʻchirib tashladim (chunki bu haqiqatan ham oʻchirishning yagona yoʻli edi). Ular, albatta, hech qachon topilmaydi. Oʻchirilgan soʻzlarning eng birinchisi „Hello, world!“ boʻlgan[8].

Tahrirning NFT sifatida sotilishi

tahrir

2021-yil 3-dekabrda Wales Christieʼs auksion uyida „This is the new WikiPedia!“ tahriridan ham oldinroq chop etilgan va Vikipediyadagi ilk tahrirni NFT koʻrinishida sotishini eʼlon qildi[4][11][12]. Bu tahrir Wales tomonidan 2001-yil 15-yanvar kiuni soat 18:29da[13][14] Vikipediya bosh sahifasida chop etilgan. Tahrir matni „Hello, World!“ soʻzidan iborat boʻlib, sinov tariqasida chop etilgan va koʻp oʻtmay oʻchirilib yuborilgan[13][15].

Manbalar

tahrir
  1. Stallman, Richard „The Free Universal Encyclopedia and Learning Resource (1998 Draft)“ (en). GNU.org (1998). 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-dekabr.
  2. Poe, Marshall „The Hive“ (en). TheAtlantic.com (2006-yil sentyabr). 2006-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-yanvar.
  3. 3,0 3,1 Singh, Shubhranshu „Wikipedia–The Utopia that Survived and Thrived“ (en). BW Businessworld.in (2021-yil 25-aprel). — „Wikipedia began with its first edit on 15 January 2001, two days after the domain was registered by Jimmy Wales and Larry Sanger.“. Qaraldi: 2022-yil 23-yanvar.
  4. 4,0 4,1 Wodinsky, Shoshana „The First Edit to Wikipedia Is Being Auctioned as an NFT“ (en). Gizmodo.com (2021-yil 3-dekabr). — „That edit… was originally penned… shortly after the site first rolled out to the public in mid-January, 2001.“. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  5. The Telegraph Staff. „The Oldest Surviving Web Pages“ (en). Telegraph.co.uk (2009-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-yanvar.
  6. Murray, Janet H.. Inventing the Medium: Principles of Interaction Design as a Cultural Practice. Cambridge, Mass.: MIT Press, 2011 — 89–90-bet. ISBN 9780262016148. Qaraldi: 2022-yil 23-yanvar. „[p. 90:] Figure 3.2 The earliest still-extant Wikipedia editing entry. [Shows image of 'Project page / Wikipedia:UuU'.]“ 
  7. Starling, Tim [tstarling at wikimedia.org]. „[Foundation-l Old Wikipedia Backups Discovered“] (en). Lists.Wikimedia.org (2010-yil 14-dekabr). — „I was looking through some old files in our SourceForge project. I opened a file called wiki.tar.gz, and inside were three complete backups of the text of Wikipedia, from February, March and August 2001! / This is exciting, because there is lots of article history in here which was assumed to be lost forever.“.
  8. 8,0 8,1 Bluerasberry; Pythoncoder; Smallbones. „Documenting Wikimania and our beginnings“. The Signpost (2019-yil 30-avgust). Qaraldi: 2021-yil 5-dekabr.
  9. „Import log entry by User:Graham87 for HomePage“. Wikipedia. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
  10. „HomePage“ (en) (2001-yil 15-yanvar).
  11. Moen, Matt „Wikipedia Is Selling a Slice of Internet History“ (en). PAPER (2021-yil 3-dekabr).
  12. Fowler, Bree „Christie's auctioning off NFT of first Wikipedia edit“ (en). CNET (2021-yil 3-dekabr).
  13. 13,0 13,1 Pauly, Alexandra „Christie's & Jimmy Wales Sell Wikipedia's First Entry as an NFT“ (en). Highsnobiety (2021-yil 3-dekabr).
  14. Jimmy Wales. „Wikipedia: HomePage: re-creation of early edit“. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  15. Gault, Matthew „Jimmy Wales Is Auctioning His First Wikipedia Edit As an NFT“ (en). Vice (2021-yil 3-dekabr).

Andoza:Vikipediya