Viko Jambattista
VIKO (Vico) Jambattista (1668.23.6-Neapol —1744.23.1) — italiyalik faylasuf. 1698 y.dan Neapol untida prof. Xalqlar tarixi va psixologiyasi falsafasi asoschisi. Platon va F. Bekonga alohida ixlos bilan qaragan. Dekart bilan bahs-munozaraga kirishib, shaxs zakovatiga umuminsoniy aqlni qaramaqarshi qoʻygan. Tarixiy jarayon obʼektiv tarzda kechishi gʻoyasini ilgari surgan. Biz faqat qilayotgan ish-larimiznigina bilishimiz mumkin, degan fikrdan kelib chiqib, tarix fanini insoniyatning oʻz xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi bilimi deb hisoblagan. V. barcha millatlarning aylanma harakat yoʻsinida taraqqiy etishi nazariyasini ishlab chiqqan. Har bir xalq oʻz taraqqiyotida 3 davr — xudolar (davlat boʻlmagan holat, kohinlarga boʻysunish), qahramonlar (aristokratik davlat) va insoniyat (demokratik respublika yoki vakolatli monarxiya) davrini boshidan kechiradi; bu bamisoli inson hayotining bolalik, oʻspirinlik va yetuklik davrlariga oʻxshaydi. Har bir davr jamiyatning yalpi tanazzuli va parchalanib ketishi bilan tugaydi. Davrlar ijtimoiy toʻntarishlar natijasida almashinadi. Asosiy asari: "Millatlarning umumiy tabiati haqidagi yangi fanning asoslari" (1725).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |