Viktor Djukanovic — chernogoriyalik professional futbolchi, Chernogoriya Birinchi Ligasi Budućnost Podgorica klubi va Chernogoriya terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Viktor Djukanovic
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Viktor Đukanović
Tavallud sanasi 29-yanvar 2004-yil (2004-01-29) (20 yosh)
Boʻyi 1.84m[1]
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chernogoriya Budućnost Podgorica
Raqami 34
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
-2019 Sutjeska Nikšić
2019-2021 Budućnost Podgorica
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021- Budućnost Podgorica 59 (11)
Milliy terma jamoa
2020 Montenegro U17 9 (4)
2021- Montenegro U19 3 (0)
2021- Montenegro U21 2 (2)
2022- Montenegro 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 17-sentyabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

  FK Buducnost Podgorica tahrir

Djukanovic yoshlikdagi faoliyatini 2019-yilda Buducnost Podgorica klubiga oʻtishdan oldin Sutjeska Niksicda boshlagan.

2020-21 tahrir

U asosiy jamoadagi debyutini Rudar Pljevlja klubiga qarshi 4:2 hisobida gʻalaba bilan yakunlangan oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, ikki daqiqa ichida, atigi 15 yoshida gol urib jamoasining toʻrtinchi goliga mualiflik qildi[2]. Djukanovic mavsumning qolgan qismida vaqti-vaqti bilan maydonga tushib turdi, shu jumladan, OFK Petrovac ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda faoliyatidagi ikkinchi golini urdi, bu safar maydonga tushganidan bir daqiqa oʻtib gol urgandi[3]. Oʻsha mavsumda Djukanovic Buducnost klubiga Chernogoriya ligasi chempionligi va Chernogoriya kubogida jamoasiga yordam berdi, mavsum davomida 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi[4].

2021-22 tahrir

2021-22-yilgi mavsumda Djukanovic atigi 17 yoshida jami 31 ta oʻyinda maydonga tushdi, shundan 21 tasi asosiy tarkibda, u oʻzini muhim futbolchi sifatida koʻrsata oldi. U ligada jami 9 ta gol urgan. U Yevropadagi debyutini Chempionlar ligasi saralash bosqichida XJK Helsinki klubiga qarshi o‘tkazdi va umumiy 7:1 hisobida jamoasi bilan mag‘lub bo‘ldi[5]. Umuman olganda, Djukanovic 38 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi, shu orqali oʻz jamoasiga Chernogoriya ligasi va Chernogoriya kubogida ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam berdi.

2022-23 tahrir

Djukanovic 2022-23-yilgi mavsumni Yevropa Konferentsiya Ligasida Llapi klubi darvozasiga 2 ta gol urish bilan boshladi[6] va Buducnost keyingi bosqichga yoʻl oldi, ammo kegingi bosqichda Breidablik klubi Buducnost klubini musobaqadan chiqarib yuborldi.

Xalqaro faoliyati tahrir

Djukanovic Chernogoriyaning U-17, U-19, U-21 va kattalar terma jamoalarida oʻynagan. U 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoadagi debyutini Bosniya va Gertsogovinaga 2:1 hisobida magʻlubyat bilan yakunlangan oʻyinda oʻtkazdi[7]. U 17 yoshgacha boʻlganlar safida 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. U 19 yoshgacha boʻlganlar tarkibida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi, 21 yoshgacha boʻlganlar tarkibida esa 2 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi[8].

Djukanovic Ruminiya terma jamoasiga qarshi UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi oʻyinda Chernogoriya kattalar terma jamoasi safida maydonga tushgan[9].

Yutuqlari tahrir

Budućnost tahrir

  • Chernogoriya Birinchi ligasi (1): 2020-21
  • Chernogoriya kubogi (2): 2020-21, 2021-22

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil, 17-sentabr holatiga ko'ra[10]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Boʻlim Liga Milliy kubok Liga kubogi Qitʼa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Budućnost Podgorica 2020-21 Chernogoriya birinchi ligasi 20 2 3 1 0 0 0 0 23 3
2021-22 Chernogoriya birinchi ligasi 31 9 4 4 0 0 3 0 38 13
2022-23 Chernogoriya birinchi ligasi 8 0 0 0 0 0 4 2 12 2
Karyera jami 59 11 7 5 0 0 7 2 73 18

Xalqaro tahrir

2022-yil, 14-iyun holatiga ko'ra
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Chernogoriya 2022 1 0
Jami 1 0

Manbalar tahrir

  1. „Viktor Djukanovic– FK Buducnost Podgorica“. www.fk-buducnost.me. 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-noyabr.
  2. „Buducnost Podgorica 4-2 Rudar Pljevlja“. www.fotmob.com.
  3. „OFK Petrovac 1-4 Buducnost Podgorica“. www.fotmob.com.
  4. „Viktor Djukanovic stats“. int.soccerway.com.
  5. „Buducnost Podgorica 1-3 HJK Helsinki“. www.eurosport.com.
  6. „KF Llapi 2-2 Buducnost Podgorica“. www.sportsmole.com.
  7. „Bosnia U17 1-2 Montenegro U17“. www.sofascore.com.
  8. „Viktor Djukanovic International stats“. int.soccerway.com.
  9. „Romania 0-3 Montenegro-UEFA Nations League“. www.uefa.com.
  10. Viktor Đukanović Soccerway saytida. Qaralgan sana: 8 November 2019.