Viktor Valerianovich Bunak (1891.22.9, Moskva — 1979) — antropologiya maktabi asoschisi, biol. fanlari doktori (1935), professor (1925). Moskva universiteti Antropologiya ilmiy tadqiqot institutining direktori (1924—30), biol. fakultetida va Antropologiya institutida odam morfologiyasi boʻlimi boshligʻi (1930— 48). "Rus antropologik jurnali" Bosh muharriri (1923—31). Rossiya Fanlar akademiyasi Etnografiya institutining antropologiya sektorida katta ilmiy xodim (1949). B.ning asosin ishlari odam morfologiyasi, irqchilik, antropogenez, odam genetikasi, nutqning kelib chiqishi masalalariga oid. B. Teshiktosh gʻoridan topilgan bolaning bosh suyagidagi miya boʻshligʻi tuzilishini tekshirib, uning "neandertal" odamlarga oʻxshashligini isbotlagan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil