Viktor Chukarin
Viktor Ivanovich Chukarin (ruscha: Виктор Иванович Чукарин, ukraincha: Віктор Іванович Чукарін; 1921-yil 9-noyabr — 1984-yil 25-avgust) — SSSR sharafini himoya qilgan ukrainalik sport gimnastikachi. 1952 va 1956-yillardagi yozgi olimpiya oʻyinlarida oʻn bitta medalni qoʻlga kiritdigan. Bulardan 7 tasi oltin. 1954-yilda koʻpkurash boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. 1952-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida eng koʻp medalni qoʻlga kiritgan sportchi hisoblanadi.
Viktor Chukarin | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | SSSR |
Tavallud sanasi | 1921-yil 9-noyabr |
Vafot sanasi | 1984-yil 25-avgust |
Sport | |
Qaysi sport | Sport gimnastikasi |
Tarjimai holi
tahrirChukarin Donetsk gubernatorligidagi Krasnoarmeyskoye qishlogʻida. 1924-yilda uning oilasi Mariupolga koʻchib oʻtgan. Chukarin Mariupolda gimnastika bilan shugʻullana boshlagan. Keyinchalik Kievdagi jismoniy tarbiya institutida tahsil olgan.
1941-yilda Ulugʻ Vatan urushi boshlanishi bilan Qizil armiya safiga koʻngilli sifatida borib qoʻshilgan. General Mixail Kirponos boshchiligidagi boʻlinma safida jang qilgan. Chukarin jangda yarador boʻlib, Poltava yaqinida asirga olingan va Sandbosteldagi asirlar lageriga yuborilgan. Keyinchalik yana 17 ta turli xil lagerlarga yuborilgan. 1945-yilda ozod etilgan. Ozod etilgandan soʻng Kiyevdagi sport institutiga qayta qabul qilinmaganligi sababli Lvovdagi jismoniy tarbiya institutida oʻqishni davom ettirgan.
1946-yildadan sport gimnastikasi boʻyicha SSSR chempionatlarida ishtirok eta boshlagan. 1947-yilda beshinchi oʻrinni egallagan. 1948-yilda SSSR chempionligini qoʻlga kiritgan. 1949-yilda koʻpkurash boʻyicha SSSR chempioni boʻlgan. Bu gʻalabasini 1950, 1951, 1953 va 1955 yillarda ham takrorlashga muvaffaq boʻlgan[1].
SSSR olimpiya oʻyinlarida 1952-yildan (bu paytda Chukarin 30 yosh boʻlgan) ishtirok eta boshlagan. 1952-yilda Chikurin oltita medalni qoʻlga kiritgan. 1956-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida yana beshta medalini qoʻlga kiritgan[1].
SSSR terma jamoasining 1954-yilgi jahon chempionatidagi gʻalabasiga Chikurin katta hissa qoʻshgan. Yakkalik va jamoaviy bahslarda oltin medalni qoʻlga kiritgan.
1957-yilda Larisa Latinina va Viktor Chukarin Lenin ordeni bilan taqdirlanishgan[1][2].
1955-yilda nashr etilgan „Put K Vershinam“ nomli kitobida toʻliq faoliyati haqida hikoya qilib bergan. 1961yilda Armaniston gimnastika jamoasiga murabbiylik qilgan. 1963-yilda Lvov jismoniy tarbiya institutida dotsent ilmiy unvonini qoʻlga kiritgan[3][1]. 1984-yilda vafot etgan. Lychakiv qabristoniga dafn etilgan. Lvovdagi koʻchalardan biriga Viktor Chukarin nomi berilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Axillesova pyata“ Viktora Chukarina.
- ↑ Boris Khavin. All about Olympic Games., 2nd (Russian), Moscow: Fizkultura i sport, 1979 — 589-bet.
- ↑ Evans, Hilary; Gjerde, Arild; Heijmans, Jeroen; Mallon, Bill; et al. „Viktor Chukarin“. Olympics at Sports-Reference.com. Sports Reference LLC. Archived from the original on 17 April 2020.