Viktor Igorevich Fayzulin (ruscha: Виктор Игоревич Файзулин 1986-yil 22-aprelda tugʻilgan) — yarim himoyachi sifatida oʻynagan sobiq Rossiyalik futbolchi[1].

Viktor Fayzulin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Viktor Igorevich Fayzulin
Tavallud sanasi 22-aprel 1986-yil (1986-04-22) (38 yosh)
Tavallud joyi Nakhodka, SSSR
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2014-yil 15-noyabr uchun)

Faoliyati tahrir

Klub tahrir

Oʻzining tugʻilib oʻsgan shahri Naxodkada joylashgan TYTU bitiruvchisi hisoblanadi, u professional faoliyatini Okean Naxodka jamosida boshlagan. Keyinchalik u SKA-Energiya va Nalchikning Spartak klublarida oʻynagan. 2007-yilning dekabrida u „Zenit“ jamoasi bilan 2010-yilning dekabrigacha shartnoma imzolagan. 2012-yilning fevralida u shartnomasini 2016-yilgacha uzaytirgan[2]. 2017-18-yilgi mavsum oxirida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi bilan shartnomasi tugagan, u jarohati tufayli 2,5 yil oʻtkazib yuborganidan keyin faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro tahrir

Rossiyaning oʻsmirlar terma jamoasi(2004) va Olimpiya(2006) terma jamoalariga jalb qilingan. 2007-yildan beri u Rossiya yoshlar terma jamoasida oʻynamoqda. Terma jamoa tarkibida 7 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan. Rossiyaning ikkinchi terma jamoasida ham 2 ta oʻyin oʻtkazgan.

2012-yil 15-avgustda u Rossiya terma jamoasi uchun birinchi oʻyinini oʻtkazdi, u Kot-d’Ivuar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boshlab, butun oʻyinni oʻtkazgan. 2012-yil 7-sentabrda 2014-yilgi Jahon chempionati saralash turnirida Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan ikkinchi oʻyinda u oʻzining birinchi golini Aleksandr Kerjakovning passidan soʻng kiritigan[3]. Toʻrt kundan soʻng, Isroil terma jamoasiga qarshi bahsda u Rossiya terma jamoasi uchun ikkinchi golini kiritgan va Aleksandr Kerjakovga ham golli uzatma bergan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

 
Fayzulin 2010-yil 2-may kuni Saturnga qarshi mehmonda 0:1 hisobida gʻalaba qozonishdan oldin mashgʻulot oʻyini
Klub Div Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Okean Nakhodka D3 2004 9 0 2 0 11 0
Jami 9 0 2 0 0 0 11 0
SKA-Energia Khabarovsk D2 2004 17 6 2 0 19 6
2005 14 1 0 0 14 1
2006 20 1 1 0 21 1
Jami 51 8 3 0 0 0 54 8
Spartak Nalchik D1 2007 28 3 0 0 28 3
Jami 28 3 0 0 0 0 28 3
Zenit Saint Petersburg D1 2008 24 6 1 0 11 1 36 7
2009 16 0 2 0 4 1 22 1
2010 14 2 1 0 5 0 20 2
2011-12 34 4 2 1 10 1 46 6
2012-13 24 6 4 0 8 1 36 7
2013-14 26 3 1 0 9 0 36 3
2014-15 14 0 1 0 8 0 23 0
2015-16 5 0 0 0 1 0 6 0
2016-17 0 0 0 0 0 0 0 0
2017-18 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 157 21 12 1 56 4 225 26
Karyerada jami 245 32 17 1 56 4 318 37

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

Karyera mukofotlari tahrir

Zenit Sankt-Peterburg
  • UEFA Superkubogi gʻolibi: 2008-yil
  • UEFA kubogi gʻolibi: 2008-yil
  • Rossiya chempioni (3): 2010, 2012, 2015
  • Rossiya kubogi sohibi (2): 2010, 2016
  • Rossiya Superkubogi sohibi (3): 2008, 2011, 2015
  • Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori (2): 2013, 2014
  • Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2): 2009, 2016

Manbalar tahrir