NaxodkaRossiya Federatsiyasi Primorye oʻlkasidagi shahar (1950-yildan). Yapon dengizining Naxodka qoʻltiqchasidagi port. Uzoq Sha-rqning yirik transport va balik, ovlash markazlaridan biri. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Tixookeanskaya. Axoliyey 160,5 ming kishi (1998). Uzok, Sharq kema mexanika, kema taʼmirlash, temir-beton buyumlari zavodlari, baliq kombinati, tunuka banka (idish) fabrikasi bor. Dengizchilik, musiqa bilim yurtlari, Primorye davlat muzeyi filiali mavjud. N. yakinida Vostochniy porti joylashgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil