Viktor Yevgenyevich Kondratov (1942-yil 24-sentyabr, Samarqand – 2018-yil 10-yanvar, Vladivostok) – rossiyalik siyosatchi, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashidagi Primorsk oʻlkasi davlat hokimiyati ijro etuvchi organining vakili (2006—2010), Federatsiya Kengashining hisob-kitoblar boʻyicha komissiyasi aʼzosi. Rossiya Federatsiyasi Palatasi, Federatsiya Kengashining milliy dengiz siyosati komissiyasining aʼzosi[1].

Kondratov Viktor
Tavalludi 1942-yil 24-sentyabr
Vafoti 10-yanvar 2018-yil(2018-01-10)
(75 yoshda)
Vladivostok
Fuqaroligi Rossiya
Kasbi Siyostachi

Biografiyasi tahrir

Viktor Kondratov 1942-yil 24-sentabrda Samarqand shahrida tugʻilgan. Odessa oliy dengiz muhandislik maktabini yuqori natijalar bilan tamomlagan. Oliy dengiz muhandislik maktabidan soʻng, SSSR KGB Oliy maktabiga oʻqishga kirgan. 1973-yilda F.E.Dzerjinskiy nomidagi SSSR KGB Oliy maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Qora dengiz kemachilik kompaniyasining kichik boʻlimlarida boshlagan. 1973-yildan SSSR KGBda xizmat qila boshlagan[2].

1981-yildan 1983-yilgacha – Sevastopol shahar KGB boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. 1991-yilda u federal xavfsizlik agentligi boʻlimi boshligʻi, keyin Primorsk oʻlkasi Federal xavfsizlik xizmati (FSB) boshligʻi etib tayinlangan.

1997-yildan 1999-yilgacha Kondratov Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Primorsk oʻlkasidagi vakolatli vakili boʻlib ishlagan. 1999-yil mart oyida u Rossiya FSBning Moskvadagi markaziy idorasiga oʻtkazilgan[3]. Rossiya FSBning Moldova Respublikasi va Dnestryanı boʻyicha rasmiy vakil boʻlgan.

2006-yil dekabr oyida u Federatsiya Kengashiga delegat etib tayinlangan. Vakolatlari 2010-yil aprel oyida tugatilgan. Federatsiya Kengashida uch yil davomida Federatsiya Kengashining mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

Senator lavozimidan ozod etilgach, nafaqaga chiqqan.

Umrining soʻnggiga qadar Vladivostok shahrida yashagan. 2018-yil 10-yanvarda vafot etgan va Vladivostok qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari tahrir

  • „Shon-sharaf“ ordeni,
  • Harbiy xizmatlari uchun ordeni (Rossiya)
  • III darajali „Harbiy xizmatdagi yutuqlari uchun“ medali;
  • II darajali „Harbiy xizmatdagi yutuqlari uchun“ medali;
  • 1-darajali „Harbiy xizmatdagi yutuqlari uchun“ medali
  • „Rossiya flotiga 300 yil“ yubiley medali

Manbalar tahrir

  1. „Кондратов Виктор Евгеньевич“ (ru). Совет Федерации Федерального Собрания Российской Федерации. 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
  2. „Ушел из жизни Виктор Кондратов“ (ru). PRIMPRESS.RU. 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
  3. „Ушел из жизни бывший начальник УФСБ по Приморскому краю Виктор Кондратов - PrimaMedia“ (ru). primamedia.ru. 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.