Viktor Vasilevich Tashilov (1934-yil 28-sentyabr Urganch – 2006-yil 6-noyabr) – Donbassning mashhur kon ishlari boʻyicha mutaxasisi, Ukraina SSR Ogʻir sanoat korxonalarini qurish vazirligi „Donetskshaxtostroy“ trestining 2-sonli kon qurilish boshqarmasi xodimi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971).

Viktor Tashilov
Tavalludi 1934-yil 24-sentyabr
Vafoti 6-noyabr 2006-yil(2006-11-06)
(72 yoshda)
Ukraina Ukraina
Fuqaroligi SSSR

Biografiyasi tahrir

1934-yil 28-sentyabrda Oʻzbekiston SSRning Urganch shahrida quruvchilar oilasida dunyoga kelgan.

Ulugʻ Vatan urushi tugagandan soʻng, Viktor Penza viloyatidagi tugʻilgan joyiga qaytib, Belinskiy mashinasozlik zavodida ishlagan. Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgandan soʻng (1956), komsomol bileti orqali koʻngillilar otryadi bilan Donbass konlarining yangi binolarida ish faoliyatini olib borish uchun kelgan.

U Donetskdagi qurilish konlarida barcha bosqichlarni bosib oʻtgan: konchi, tashuvchi, brigada rahbari, usta, Donetskugol boʻlimi boshligʻi, Makeyevshaxtostroy kon qurilish tresti boshligʻi kabi lavozimlar shular jumlasidandur.

Butunittifoq kasaba uyushmalari markaziy kengashi qoshidagi[1] kasaba uyushmalari oliy maktabining Xarkov filialini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Viktor tarkibida boʻlgan brigada sakkizinchi besh yillikning (1966—1970-yillar) qabul qilingan sotsialistik majburiyatlari va ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan rejalarini muddatidan oldin bajargan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 5-apreldagi farmoni bilan (nashr etilmagan) „Ishlab chiqarish ob’ektlari, turar-joy binolari va madaniy-maishiy inshootlarni qurish va foydalanishga topshirish boʻyicha besh yillik reja topshiriqlarini bajarishdagi ulkan muvaffaqiyatlari uchun“ Viktor Tashilov Lenin ordeni va "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali bilan hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[2]. .

KPSS aʼzosi, KPSS XXV syezdi delegati[3]. Butunittifoq kasaba uyushmalari markaziy kengashi aʼzosi.

Viktor Tashilov 2006-yil 6-noyabrda vafot etgan.

Mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Харківський соціально-економічний інститут“. 2012-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-iyul. (Ukraincha)
  2. Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Социалистического Труда рабочим и инженерно-техническим работникам предприятий и организаций Министерства строительства предприятий тяжелой индустрии СССР.» от 5 апреля 1971 года
  3. „Материалы 25 съезда КПСС. Стенографический отчет.“ (deadlink). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-iyul.