Viktor Yeryomenko
Viktor Yemelyanovich Yeryomenko (1901.24.8, hozirgi Ukraina, Nikolayev viloyati — 1962.9.6, Toshkent) — agronom olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1956), professor (1954). Krasnodar qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1936). SoyuzNIXIda ilmiy xodim, boʻlim mudiri (1942—54), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti umumiy dehqonchilik va qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi kafedrasi mudiri (1954—61), ayni paytda OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrin-bosari (1954—56). Yeryomenkoning ilmiy ishlari gʻoʻza, beda va b. ekinlar agrotexnikasi masalalariga bagishlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |