Vil Semyonovich Parshin (1927.7.12, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1949) va Vilnyus Badiiy instituti (1957)ni tugatgan. P., asosan, dastgoh grafikasida ijod qiladi. P. ijodiga quvnoq kayfiyat, ochiq yumor hissi xos, kundalik dolzarb hayotiy masalalar sodda shaklda tasvirlanadi: "1966-yil 26-apreldan soʻng" (Toshkent zilzilasiga bagʻishlangan) linogravyuralar turkumi (1967); "Paxta bayramida" (1967), "Biz shu yerda yashaymiz" (1967) turkumlari; "Navoiy" albomiga ishlangan gravyu-ralar, "Ilk qadamlar" linogravyuralar turkumi (1971) va boshqa[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil