Vilgelm I Fotih
William I Fotih (William the Conqueror) (1027/28, Falez, Fransiya — 1087.9.9, Ruan) — ingliz qiroli (1066-yildan). Normandiya sulolasidan, Normandiya gersogi (1035-yildan). 1066-yilda normand, fransuz va italyan feodallaridan tuzilgan qoʻshin bilan Angliya qirgʻoqlariga tushgan va Gastings shahri yaqinida qirol Harold II ning ingliz-sakson qoʻshinlarini yengib, ingliz qiroli boʻlgan. Barcha feodallarni bevosita qirolga vassallik qaramligini oʻrnatgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |