Villari effekti — mexanik deformaiiyalar (choʻzilish, buralish, egilish va b.)ning ferromagnetiklar magnitlanuvchanligiga taʼsiri. Italyan fizigi E. Villari (Ye. Villari, 1836— 1904) ochgan (1865). Magnitlanganda oʻlchamlari qisqaradigan ferromagnetiklar (mas., nikel) choʻzilganda magnitlanganligini kamaytiradi. Bu hodisa teskari (manfiy) V. e. deb ataladi. Aksincha, magnitlanganda oʻlchamlari uzayadigan ferromagnetiklar (mas., tarkibida 65% nikel boʻlgan temir-nikel qotishmasidan yasalgan sterjen) choʻzilganda magnitlanganligini koʻpaytiradi. Bu hodisa toʻgʻri (musbat) V. e. deb ataladi. Aytib oʻtilgan materiallar siqilganda V. e. ishorasi teskarisiga oʻzgaradi. V.e. yuz berishiga sabab ferromagnetiklarga mexanik kuch taʼsir ettirilganda ularning strukturasi oʻzgarishidir. V. e. texnikada muayyan magnit xossalariga ega boʻlgan materiallar yaratishda keng qoʻllanadi.


Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil