Vilniyus Ittifoqi — 1561-yil 28-noyabrda tuzilgan shartnoma. Vilnada Litva Buyuk Gertsogi va Polsha qiroli Sigismund II va Livoniyadagi Tevton ordeni landmasteri Gotxard Ketler oʻrtasida tuzilgan birlashma. U bilan Livoniya konfederatsiyasi parchalandi va uning bir qismi Polsha hukmronligiga oʻtdi[1].

Ushbu hujjatga muvofiq, Livoniya ordeni yerlarining bir qismida dunyoviy davlat tuzildi. Gotxard Ketler gertsog sifatida rahbarlik qilgan davlat Kurlandiya va Semigal gersogligi deb ataldi. U oʻzini Buyuk Litva Gertsogligining vassali deb tan oldi. Hududning qolgan katta qismi Buyuk Litva Gertsogligi tarkibiga oʻtdi[1].

Shunday qilib, 1237-yilda tashkil etilgan Livoniya ordeni Vilnyus shartnomasiga koʻra, oʻz faoliyatini tugatdi. XIII-XV asrlarda ushbu orden Buyuk Litva Gertsogligi uchun jiddiy xavf soldi. Ordenning tugatilishi Buyuk Litva knyazligi nufuzini oshirdi[1].

Tarixiy ahamiyati

tahrir

1561-yilgacha „Livoniya“ tushunchasi quyidagi hududlarni anglatardi: Livoniya Konfederatsiyasining butun hududidan to Dvina shimolidagi Livoniya viloyati va Kurland gersogligi, shuningdek, Shvetsiya Livoniyasi dominioni hisoblangan Estoniya knyazligiga qadar toraygan hududlar. Ezel oroli esa 1645-yilgacha Daniya hukmronligi ostida edi[1].

Bu mintaqa bilan tarixan nafaqat Polsha, balki Buyuk Litva Gertsogligi oʻzaro aloqada boʻlgan. Aynan Litva pozitsiyasi Livoniya va Polsha-Litva davlati oʻrtasidagi munosabatlarga eng koʻp taʼsir koʻrsatgan.

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Юрген Хайде. ЛИВОНИЯ ПОД ВЛАСТЬЮ РЕЧИ ПОСПОЛИТОЙ. БОРЬБА ЗА ВЛАСТЬ И СОЦИАЛЬНАЯ ТРАНСФОРМАЦИЯ // Quaestio Rossica : Научный журнал. — 2014. — Январь (№ 2). — С. 112-143. — ISSN 2313-6871.