Vindikatsiya (lotincha: vindicatio - talab qilib olish) — mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish. Mulk biron-bir shaxs (fukaro yoki yuridik shaxs)ning qonunsiz egaligida boʻlsa, mulk egasi oʻz mulkini natura (asli) holatida qaytarish haqida bu shaxsga nisbatan sudda daʼvo qoʻzgʻatishga, oʻz mol-mulkini uning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga hakli.

Mol-mulkni talab qilib olinganda daromadlar va harajatlarni toʻlash tartibi tegishli qonunlarda belgilab berilgan (OʻzR FK, 228—230-moddalar).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil