Vinil efirlar
Vinil efirlar - toʻyinmagan oddiy va murakkab efirlar; oddiylarining formulasi SN2=SN—OR, murakkablarining formulasi SN,=SN— OCOR, bu yerda R — alkil radikal (SN3, S2N. va hokazo); V. e.ning quyi gomologlari rangsiz suyuqlik, yuqori gomologlari esa qattiq moddalardir. Suvda kam eriydi, organik erituvchilarga yaxshi aralashadi. Sanoatda V.e. spirtlar va karbon kislotalarni kaliy gidroksid yoki kaliy alkogolyatlari ishtirokida atsetilen bilan vinillash usulida olinadi. V. e. polimerlar olishda monomer, alkid smolalar, polistirol i. ch.da modifikator, nitrotsellyuloza olishda plastifikator, organik sintezda yarim mahsulot, don mahsulotlarini uzoq muddat saqlashda biologik jarayon ingibitori sifatida qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |