Vinillash
Vinillash — organik birikmalar molekulasiga vinil guruhi —CH=CH2 kiritish. Eng muhim vinillovchi moddalar — atsetilen HC≡CH, vinilgalogenidlar CH2=CHX (X-galogen) va vinilmagniybromid (Norman reaktivi) CH2=CHMgBr. Sanoatda atsetilen bilan vinillash natijasida spirtlardan oddiy vinil efirlar, karbon kislotalardan esa murakkab efirlar, masalan, vinilatsetat olinadi. Sianid kislota (HCN) ni vinillashda akrilonitril, vodorod xloridni vinillashda vinilxlorid, atsetilenning oʻzini vinillashda vinilatsetilen hosil boʻladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |