Vinilxlorid
Vinilxlorid, CH2=CHCl — monoxloretilen, rangsiz gaz. Molar massasi 62,50; qaynash harorati — 13,8°, suyuqlanish harorati —158,4°, zichligi 983 kg/m3 (15°da). Xloroform, dixloretan va efirda yaxshi, suvda yomon eriydi. Vinilxlorid digaloidli hosilalardan bir molekula vodorod galogenidni tortib olish va atsetilen uglevodorodlariga bir molekula vodorod galogenid biriktirish yoʻli bilan olinadi. Vinilxlorid asosan polivinilxlorid, turli sopolimerlar, vinilidenxlorid va metilxloroform ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida qoʻllanadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil