Vint chiziq — doiraviy silindr yoki doiraviy konus sirtida yotgan va ularning hamma yasovchilar bilan teng burchaklar hosil qiladigan spiralsimon, fazoviy egri chiziq. Silindr yoki konusning yasovchisi boʻylab ilgarilama tekis harakat qilgan nuqta ham V. ch. chizadi. Yasovchining soat mili yoki unga teskari yoʻnalishda harakat qilishiga qarab, oʻnaqay yoki chapaqay V. ch. hosil boʻladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil